Bazarova D.X.
14
MATN VA MAZMUNGA OID BIRLIKLARNI BAHOLASH VA
TANQIDIY TAHLIL QILISH.
Matn mazmuni o‗quvchining shaxsiy fikridan kelib chiqib, xolislik bilan
baholanishi va tanqid qilinishi mumkin. Bu jarayon o‗quvchidan xolis baho
berish, rad etish, ma‘qullash, matn mazmuniga nisbatan betaraflikni bildirish
kabilarni talab qiladi. Masalan, o‗quvchi matnda keltirilgan fikrlarni
tasdiqlashi, e‘tiroz bildirishi yoki boshqa manbalardan olingan ma‘lumotlar
bilan matnda berilgan g‗oyalarni taqqoslashi mumkin.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlarning xususiyatlari. Matnlar
PIRLS dasturida murakkabligiga qarab, o‗rtacha 500 dan 800 tagacha,
o‗quvchilarining o‗qish savodxonligi darajasi past bo‗lgan mamlakatlar
uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan, 1000 ta so‗zdan iborat bo‗ladi.
PIRLS matnlari uchun aniqlik va izchillik muhim mezon hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: