Tiklash – bu tugma oyna ekran kengligida ochilganda paydo bo،ladi. Ekran
kengligida ochilgan oyna chegara belgilariga ega emas, shuning uchun oynanig
orqasida nima joylashganini ko،rib bo،lmaydi. Agar oynani o،zining chegaralangan
sohasiga joylashtirishni, uni siljitishni va o،lchamini o،zgartirishni hohlasangiz
tiklash tugmasini bosing.
Tavsiyanoma: Excel ning yangi versiyalarida tavsiyaoma lentasimon
ko‘rinishga ega.
Lentalar: lentalar tavsiyanoma bandlaridan iborat.
10-rasm.MS Wors oynasining asosiy lentasi.
HOME lentasi formatlashning asosiy buyruqlarini aks ettiradi.
INSERT lentasi ixtiyoriy obyektlarni qo‘yish imkonini beradi.
Piktogrammalar ustiga shichqoncha olib borilsa eying buyruqlar xaqida
yordamchi ma‘lumotlar paydo bo‘ladi. Lentadagi ixtiyoriy buyruqning boshqa
variantlariga strelka orqali kiriladi.
11-rasm. Insert vkladakasi.
INSERT lentasidagi CHART tugmasi turli diagramma, grafiklar variantlarini
52
taklif qiluvchi oynani ochib beradi.
12-rasm. Diagrammalar muloqot oynasi.
Muloqot oynasi ochiq bo‘lganda turli variantlardan birini tanlab OK tugmasini
bosamiz. Bekor qilish uchun CANCEL tanlanadi. Muloqot oynasi yopiladi.
Muloqot oynasi ochiq bo‘lganda yordam olish uchun yuqori o‘ng burchakdagi ―?―
belgisi tanlanadi.
FILE lentasi
FILE lentasi- Excelning asosiy lentasi bo‘lib, sozlash, ochish, saqlash chop
etish, yopish kabi muhim buyruqlarni o‘z ichiga oladi.
Asboblar paneli (Toolbars):
Excel 2010 versiyasida faqat ikkita asboblar paneli mavjud: asboblarga
murojatni tez amalga oshiruvchi panel (Quick Access Toolbar), hamda MINI
asboblar paneli.
53
11-rasm. Quick Access Toolbar-asboblarga tezda kirish paneli
Bu panelda uchta tugma bor. Lekin unga tavsiyanoma orqali kerakli tugmalarni
o‘rnatish mumkin.
Mini Toolbar- MINI asboblar paneli
Excelda matn belgilanganda uning ustida formatlash asboblar paneli paydo
bo‘ladi. Shichqoncha ko‘rsatkichi paneldan chetga surilsa panel yo‘qaladi,
shichqoncha belgilangan matnga o‘tadi.
12-rasm.Sarlavha qatori
Sarlavha qatori- FORMULA BAR formulalar qatori oldida joylashgan
kichik sohadir. U yaratish, sozlash, yacheyka va qatorlarni tanlash kabi kerakli
buyruqlardan iborat.
O‘ng tomonga yo‘naltirilgan strelka orqali ishchi kitobdan ixtiyoriy maxsus nomni
tanlash mumkin. Funksiya yaratishda bu oyna o‘zgaradi va shu ishchi kitobda ko‘p
ishlatiladigan funksiyalarni tanlash imkonini beradi.
13-rasm. Formula Bar-formulalar paneli
Formulalar paneli – NAME BOX sarlavha panelidan o‘ng tomonda
joylashgan bo‘lib, ma‘lumotlani kiritish va taxrirlash uchun ishlatiladi. Bu panelda
yacheykada qo‘llanilgan hamda qo‘llanilayotgan formula va funksiyalar pydo
bo‘ladi. Yacheykada formulani hisoblash natijasidagi qiymat turgan bo‘lsa ham
panelda formulani ko‘rish mumkin. Faqat yacheyka yashiringan ko‘rinishda
formatlangan, varroq esa himoyalangan bo‘lsa ko‘rib bo‘lmaydi.
14-rasm.Ishchi varaq.
Ishchi varroq ma‘lumotlarni ko‘rish va taxlil qilish uchun ishlatiladi. Bir vaqtning o‘zida
bir nechta ishchi varroqlarda ma‘lumotlarni kiritish va taxrirlash mumkin, boshqa ishchi
54
varroqlardagi ma‘lumotlarni formulalarda ishlatish mimkin. Excelda grafik yaratishda uni
joriy varroqqa yoki alohida varroqqa joylashtirish mumkin. Ishchi varroqlarning nomlari
ishchi kitobning pastki qismidagi panelda aks etadi. Faol varroq nomi yirik yozuvda ajralib
turadi
.
15-rasm. Axborot paneli (Status bar)
Axborot paneli dastur yuklangan ekranning pastki qismida joylashgan bo‘lib, unda
excell oynasida sodir bo‘layotgan turli xil axborotlar tasvirlanadi. Chap tarafda
holatni tasvirlovchi indikator o‘rin olgan, unda foydalanuvchi shu paytda
ishlayotgan rejimga mutanosib holda ―tayyor‖, ―tahrirlash‖ va shu kabi boshqa
amallar holatini ko‘zdan kechirishimiz mumkin. Agarda bu vaqtda foydalanuvchi
menyuga kirsa, axborot paneli menyudagi kursor yo‘naltirilgan vazifaning
qisqacha tahririni aks ettiradi. Faraz qilaylik, foydalanuvchi vazifa bajarmoqda,
aytaylik u birorta yacheykadan nusxa oldi. Bu vaqtda axborot panelida olingan
nusxaga tegishli bo‘lgan amallar qo‘llanmasi aks etadi.
Vazifalar paneli (Task Panel)
Axborot panelining yana chaprog‘ida klaviaturaning holati, ya‘ni ―num lock‖ va
―caps lock‖ kabi buyruqlar holatini o‘zida aks ettiradi.
Ko‘p marta foydalanilgan buyruqlarni o‘zida jamlagan oynani Vazifalar
paneli deb nomlaymiz. Vazifalar paneli orqali faylni tez yaratish,
modifikatsiyalash, qidirish va shu kabi boshqa amallarni bajarishimiz mumkin.
U ma‘lumotlar, buyruqlar va amallarni boshqarish kabi xususiyatlarni ham
aks ettiradi. Bundan tashqari vazifalar panelidagi buyruqlar ko‘k rangda ajratilgan,
sichqonchani ularga yo‘naltirish orqali ularning rangi ko‘k tusga kiradi.
Buyruqlarni ishga tushurish uchun chunchaki sichqonchaning chap tugmasini 1
marta bossak bas.
Vazifalar paneli foydalanuvchi biror bir amalni bajarayotgan paytda ekranda
avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Masalan INSERT, Lentalar, ClipArt yoki rasm
qo‘yish amallaridan so‘ng.
Makroslar (Smart Tags)
Makroslar birinchi marta Microsoft Office XP dasturida foydalanishga
topshirilgan. Ular foydalanuvchining ko‘p foydalanadigan vazifalarini bajarishini
va avtomatik ishlar ustidan to‘la boshqaruvga ega bo‘lishini ta‘minlab,
foydalanuvchining ish unumdorligini oshiradi.
55
16-rasm. Makroslarni o‘rnatish oynasi.
Makroslarni ishga tushirish uchun ortiqcha ish harakat bajarishimiz shart
emas. Qo‘yish(vstavka), Avtoto‘ldirish(avtozapolnenie), hatolarni
topish(obnarujivanie oshibok) kabi amallardan tezkor foydalanishimiz uchun
avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Masalan, biz qo‘yish (vstavka) operatsiyasini
bajarib bo‘lganimizdan so‘ng yangi matnni boshlagunimizga qadar eski matn
yonida paydo bo‘lgan ―qo‘yish‖ tugmasi yo‘qolmay turadi.
Bu amallar teglarni vizuallashtirib, yacheykadagi taxmin qilinayotgan
xatoliklarni ko‘rish imkonini beradi. Hatolarni to‘g‘irlash, xatolarni bekor qilish
yoki uzoq tekshiruv kabi amallarni ham bajarishingiz mumkin.
O‘ng tarafdagi rasmda yacheykaga noto‘g‘ri yozilgan formulaning yonida
paydo bo‘lgan teglarni ko‘rishingiz mumkin.
Amaldagi hujjat (kniga) bo‘yicha harakatlanish
Katta hajmdagi ishni bajarayotganingizda amaldagi hujjatda harakatlanishning
ba‘zi bir turlarini bilib qo‘yishingiz kerak. Harakatlanish sichqoncha yoki
klaviatura orqali amalga oshirilishi mumkin
Sichqoncha
1. Sichqoncha bizga kichik masofalarga harakatlanishda as qotadi. Agar istalgan
yacheykadagi + ishorasiga bossak, yacheykani ajratib aks ettirishimiz mumkin.
Kursorning ajratilgan yacheykaga nisbatan turgan vaziyatini Excell turli xil
ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Yacheykani ajratib ko‘rsatib, uning ichida
harakatlansangiz oq + ko‘rinishidagi kursorni ko‘rishingiz mumkin.
Klaviatura – tugmalar jamlamasi.
Ko‘rsatkichli tugmalarni bosish orqali kataklarni tanlash mumkin ( ko‘satkichlar
klaviaturada joylashgan);
Katakni belgilab unga 2 marotaba bosish orqaliu faollashadi. Shuningdek katakni
Formula Barga yoki F2 tugmasiga bosib faollashtirish mumkin.
17-rasm.Aktiv kataklar.
Katak faol bo‘lganda barcha turdagi buyruqlardan foydalanib bo‘lmaydi.
Buning ychun ushbu holatdan chiqib ketish kerakligiga e‘tibor bering.
Aylantirgich (prokrutka):
18-rasm. Otkazish tasmalari.
56
Vertikal va gorizontal prokrutka belgilarini faol katakni joyidan
qo‘zg‘atmaydi, lekin ishchi varaqning qolgan qismini ko‘rish imkoniyati mavjud
bo‘ladi.
Klaviatura
Agarda ishni davom ettirish extiyoji bo‘lsa, klaviaturadan foydalanish
yaxshiroq. Quyida tugmalarning qo‘shilmalari keltirilgan.
Harakat
Tugmalar
Tepaga
[PAGE UP]
Pastga
[PAGE DOWN]
Chapga
ALT[PAGE UP]
O‘ngga
ALT[PAGE DOWN]
Ischi varaq chegarasi
CTRL+[Sichqonchaning mos
tugmasi]
Aniq katak
[F5] keyin murojaatni kerakli
bo‘lgan yacheykaga bosma qilib,
ENTER tugmasi bosiladi.
Joriy qatorning А ustuni
[HOME]
A1 katak
CTRL+[HOME]
Formulalar
Elektron jadvallarda asosiy operatsiyalar bosqich bo‘lib: qo‘shish, ayirish,
ko‘paytirish, bo‘lish hisoblanadi. EXCELda kataklarda alohida qiymatlarni
o‘zgarishini hisobga olib, ushbu qiymatlar saqlanuvchi kataklarga murojaat
o‘rnatish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
AgarA1 va A2 kataklarga qiymat kiritilgan bo‘lsa, u holda A1+A2 halatida
A1 katagidagi oldin kiritilgan qiymat o‘zgarganda avtomatik ravishda natija
hisoblanadi. Ushbu hususiyat EXCELni jadvalli hisoblarda tengi yo‘qligini
ko‘rsatadi. = belgisikataklarda formulalar oldidan qo‘yiladi va ularni aniqlashga
yordam beradi.
Ma‘lumotlar bilan asosiy operatsiyalar quyidagi belgilar bilan amalga
oshiriladi:
Yig‘indi +
Ayiruv -
Ko‘paytiruv *
Bo‘luv /
Darajaga ko‘tarish ^
Formulalarni kiritish:
Bu natijani ko‘rmoqchi bo‘lgan katakga ma‘lumotlarni kiritish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Enter tugmdsini bosib, formulani tasdiqlagandan so‘ng, EXCEL
natijani ishchi varoqqa chiqaradi. Hisoblashni esa formulalar qatorida ko‘rsatadi.
57
19-rasm.Formulalardan foydalanish.
Formulalardagi xatolar:
Ba‘zida formula natijalari boshqa rftakka murojaat qilganda yoki noto‘g‘ri
arifmetik amallarni amalga oshirganda noto‘g‘ri chiqadi. Bularni formulalarni
qayta tahrirlash yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |