Kompyuter tizimlari arxitekturasi
2-rasm. Kompyuter tizimlari arxitekturasi.
Kompyuter tizimi modulli strukturadan iborat. Tizimda har bir qurilma ucun
qurilmalar nazoratchisi deb nomlanuvchi maxsus boshqarish qurilmasi mavjud.
Barcha modullar tizim shinasi(system bus) orqali bog‘langan. Har bir nazoratchi
ishini drayver boshqaradi. Drayver amaliyot tizimining bir qismi hisoblangan
maxsus dasturdir.
Markaziy protsessor – kompyuter tizimi buyruqlarini bajaruvchi qurilma.
Zamonaviy kompyuterlarda u ko‘p toshli bo‘ladi, yani uning tarkibida umumiy
xotirada parallel ishlovchi 2tadan 32tagacha toshli protsessorlar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |