305”A” Guruh talabasi No‘monjon Mamiraliyev
Nazariy savollarga Javoblar
1.So'nggi yillarda falsafiy bilim berishga alohida e'tibor berilmoqda. Malakaviy o'qitish tizimida
falsafiy bilim berish birinchi qadam bo'lib, bu sohada erishilgan yutuqlar va tajribalar qo'llanishi
mumkin. Kasb pedagogikasining ilmiy o‘rini aniqlash uchun uning ob'ekti va predmetini ajratib olish
kerak. Bizga ma'lumki ilm bu haqiqatda sodir bo'lgan jarayonlarni o'rganish va isbotlashga
yo'naltirilgan ilmiy bilim yo'nalishidir .Ilmning predmeti - bu ob'ektning shunday ta'rifi borki, unda
izlanishlar aniq yo'nalish bo'yicha olib boriladi. Insonning madaniy va ma'naviy shakllanishi
quyidagilar asosida amalga oshadi.
Ma'lumot
Madaniyat
Mentalitet
2.Kasbiy ta‘lim fani bizga, O‘zbekiston mustaqilligining birinchi yillaridan kirib keldi. Chunki,
qo‘llanayotgan tajribalar kasbiy ta‘limning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Talabalarimizga kasbiy ta‘lim,
kasbiy tarbiya berish muammolari ko ‘zga tashlanib qoldi. Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy
faoliyat tashkil etar ekan, u albatta har bir odamdan iqtisodiy fikrlashga o‘rganishni talab qiladi.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab yanada kuchayadi.Oliy o‘quv yurtining talabalari,
ayniqsa iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashni o‘rganibgina
qolmay, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish
tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijalarga olib kelishini ko‘z o‘ngida
keltira bilishni o‘rganishi zarur. SHu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini
ta‘kidlash o‘rinlidir: Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellectual va ma‘naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz. Shunday qilib, bugungi kunda jamiyat hayotida yuzaga kelayotgan
iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida anglab etgan holda ularni oqilona hal qilish uchun zaruriy chora-
tadbirlar belgilash soha mutaxassislaridan juda katta bilim va malakani talab etadi. Bo‘lg‘usi
iqtisodchilar bugungi davr talablariga javob berish uchun o‘z bilim va malakasini tinimsiz oshirib
borishi, zamonaviy tajribalarni qunt bilan o‘rganishi, izlanishi lozim. Bu nafaqat bugungi kun
kishilari, balki kelajak avlod oldida ham juda katta masuliyatni bo‘yniga olish demakdir.
3.Izlanish metodlari - Nazariy izlanish metodlariga - analiz, sintez, modellashtirish, konkretlashtirish
kiradi Empirik izlanish metodiga - birlamchi va umumiy metodlarga bo'linadi. Birlamchi metodlarga
- kuzatish, og'zaki so'rash, suhbat, yozma so'rash, mutaxassislar bahsi, testlar kiradi Umumiy izlanish
metodiga - tashxis qilishni o'rganish, pedagogik tajribani umumlashtirish va tajriba kiradi
4.Pedagogikaning uzoq yillar va bir necha avlodlar tajribasida yig‘ilgan ma’lumotlarni insoniyat tarixi
hamma jabhalarida avlodlarni o‘qitish va malakaviy pedagogik bilimlar berish dunyo tarixida o‘zining
alohida o‘rniga ega. Quldorlik tizimida aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat bir-biridan farq qilgan.
Jismoniy mehnat qullar zimmasiga yuklatilgan. Quldorning asosiy ish faoliyati esa aqliy mehnatdan
iborat bo‘lib, ular asosan falsafa va siyosatni tashkil etgan. Bu esa o‘z vaqtida malakaviy mehnat
bilimining g‘oyaviy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan.O‘rta asrlarda davlat tepasida din hukmronlik
qilgan bo‘lib, unda kasblar xudo tomonidan berilgan, egallangan hunarga ilohiy va sirli deb qaralgan.
Bu esa jamiyatda egallanayotgan hunarga munosabatni belgilaydi.Kapitalistik munosabatlarning
murakkablashuvi, fan, madaniyat, texnikaning rivojlanishi natijasida XV-XVII asrlarda malakaviy
o‘qitishning muammolari, shakllari, ularni tashkil etish va samaradorligini oshirishga bo‘lgan
305”A” Guruh talabasi No‘monjon Mamiraliyev
qiziqishlar ortib bordi.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sotsial-iqtisodchilar ta’siri ostida G‘arbiy
Yevropa pedagogikasida mehnat maktabini isloh qilish boshlandi. Uning asosiy yo‘lboshchisi Georg
Kershensheyner hisoblanadi.
5.Kasb pedagogikasi fanini o‘rganishda yana bir qator metodlardan keng foydalaniladi. Bularga
izlanish metodlari kiradi. O‘z navbatida izlanish metodlari 2 xil bo‘ladi:
- Nazariy
- Empirik
- Umumiy
Nazariy bilish metodlariga: analiz, sintez, modellashtirish, konkretlashtirish kiradi.
Empirik bilish metodi: birlamchi va umumiy metodlarga bo‘linadi. Birlamchi metodlarga – kuzatish,
og‘zaki so‘rov, suhbat, ѐzma so‘rov, mutaxassislar bahsi, testlar kiradi.
Umumiy izlanish metodlriiga – tashxis qilishni o‘rganish, pedagogik tajribani umumlashtirish va
tajriba kiradi Bu metodlar malakaviy pedagogikada keng tarqalgan bo‘lib, ishchixodimlarning
malakasini aniqlash, kasbiy muammolarni hal etishda keng tarqalgan Ish faoliyatini o‘rganishda
bajarayotgan ishning umumiy unumdorligini aniqlashda ish xulosasini o‘rganuvchi tavsifnoma
yordamida o‘rganiladi
6.Ilmning predmeti - bu ob'ektning shunday ta'rifi borki, unda izlanishlar aniq yo'nalish bo'yicha olib
boriladi. Insonning madaniy va ma'naviy shakllanishi quyidagilar asosida amalga oshadi. Ma'lumot
Madaniyat Mentalitet Pedagogik faoliyatda 2 asosiy yo'nalish mavjud. Bir tomondan bu faoliyat
o'qituvchining kundalik, o'quv va tarbiyaviy ishlariga, o'qituvchi va o'quvchi orasidagi o'zaro
munosabatga, ta'lim-tarbiya ishlarida o'quvchining bilim, malaka va ko'nikmalariga bog'liqdir.
Pedagogika fanining asosiy masalasi esa bu jarayonni samarali va sifatli ta'minlashdir. Buning uchun
esa aniq metod va tashkiliy shakllardan samarali foydalanish zarur. Ushbu metodda ma'lum miqdorda
erkinlik, pedagogik san'at, pedagogik mahorat oʻz oʻrnini topgan bo'lishi kerak. Oʻrta asr davomida
diniy hukmronlik bo'lib, unda kasblar xudo tomonidan berilgan, egallangan hunarga u urf-odatlar,
ilohiyot va sirli deb qaralgan. Bu esa jamiyatda egallanayotgan hunarga munosabatni belgilaydi.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi, fan rivoji, madaniyati va texnikaning rivojlanishi bilan
XV-XVII asrlarda malakaviy oʻqitishning muammolari, shakllari, ularni tashkil etish va
samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqishlar oshib bordi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida
sotsial-iqtisodchilar ta'siri ostida Gʻarbiy Evropa pedagogikasida mehnat ta'lim muassasasiini isloh
qilish boshlandi. Uning asosiy yo'lboshchisi Georg Kershensheyner hisoblanadi.
7.Talimni uzluksizligi shundaki u hech qachon òz axamiyatini yoqotmaydi undan unumli
foydalanmoqchi bolgan odam doimiy ravishda izlanishda yani uzluksiz izlanish va harakatda bolishi
lozim Talim uzluksizligining yana bir muhim jihatishundan iboratki u davrga moslashuvchandir yani
har bir davrda uning shakl shamoyili, uslublari va òrganish metodikasi takomillashib boradi
Ta’limning uzluksizligi. Birinchi marta uzluksiz ta‘lim konsepsiyasi 1965 yilda YUNESKO Forumiga
taqdim etilgan edi. Uni yirik nazariy olim Lengrandom olib chiqqan edi. Uzluksiz ta‘limning asl
mohiyatini biz “Bibliya”, “Qur‘on”, “Hadislar” va hikmatli so‘zlarda, umuman insoniyat tarixi va
rivojlanishi hamda guvoh i bo‘lgan muqaddas kitoblarda ham ko‘ramiz.
8.Germaniyada kasb ta’limi tizimi
Germaniyada bir necha murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan ta’lim tizimi qabul qilingan. Ta’lim
oluvchilarni mutaxassislikka yo‘llashda 3 ta bosqichdagi maktablar tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘z
305”A” Guruh talabasi No‘monjon Mamiraliyev
faoliyatini boshlang‘ich ta’limdan keyin davom ettiradi.O‘quv jarayonining turli jabhalarida o‘ziga
xos talablar yo‘lgan qo‘yilgan bo‘lib, ular turli bosqichlarda turlicha amalga oshiriladi.
9.Kasbiy ta’limning frantsuz modeli Frantsiyada maktabni bitirgach, kollejlarda o‘qitish tizimi
hukmronlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida erta kasb egallashdan asrab qoladi. Frantsiyada boshlang‘ich
ta’lim asosan 11 yoshgacha bo‘lib, keyin o‘quvchi kollejda ta’lim oladi. Undan keying ta’limni
o‘kuvchi umumta’lim yoki texnik litseylarda davom ettirishadi. Bugungi kunda texnik litseylar texnik
bilimlarni berib, u asosida bakalavr unvonini olish mumkin. O‘quv muassasining ixtisosligiga qarab,
bakalavrlar frantsuz tilini, sotsiologiya asoslarini, matematika, tabiiy fanlar va texnologiya fanlarini
yaxshi egallaydilar. Texnologiya yo‘nalishidagi bakalavrlar chet tillari, kompyuter va tijorat
bilimlariga ega bo‘ladilar, barcha bakalavrlar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish hukukiga egadirlar.
Malakali ishchi-xodimlarni tayyorlashda davlat va xususiy litseylar faoliyat ko‘rsatib, ularning
hammasi davlat nazorati ostida bo‘ladi. Kasbiy ta’limda o‘qish jarayoni Ta’lim vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladi, uni moddiy ta’mirlash javobgarligi esa davlat zimmasidadir. Umumiy kasbiy ta’limda
o‘qitish jarayoni Frantsiyada bepuldir.
10.Ta’limda test usuli qo‘llanildi, iqtidorli bolalarni aniqlashga, o‘qitishga alohida ahamiyat
berilmoqda. Mingdan ortiq iqtidorli bolalar Amerika, Angliya, Shvetsiya, Yaponiya va Turkiyada
ta’lim olib, mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan bilim va kasblarni
egallamoqdalar. Ma’lumki, pedagogika tarixi ham boshqa xalqlar, mamlakatlar pedagogika tarixi
bilan aloqada rivojlandi va rivojlanmoqda. Shu sababdan hozir Markaziy Osiyo pedagogika tarixini
tadqiq etishda xorijiy Sharq va Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimi ham o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |