1
Плеханов Г.В. Искусство и общественная жизнь. – М. 1953, 69-бет.
hamda g‘olib bo‘lish kabi xislatrlari shakllangan va rivojlantirgan. Natijada sport
o‘yinlari, musobaqalar, kurashlar, chavandozlik, merganlik kabi sport turlari paydo
bo‘la boshlagan.
Kurash ajdodlarimizning eng qadimiy musobaqalaridan biri ekanligiga
koʻplab tarixiy va ashyoviy dalillar topilmoqda. Akademik Asqarov bu borada
tasviriy aksga ega boʻlgan qator arxeologik topilmalarni misol keltiradi:
birinchisida – 3.5 ming yil ilgari yashagan zardushtiylarning sopol idishdagi
tasvirda kurash manzarasi bir-birining oyogʻini chalgan ikki pahlavon olishuvi;
ikkinchisida – 2.5 ming yil avvalgi sak qabilalarining ot toʻqasidagi tasvirda ikki
kuchli chayir pahlavonlar bir-birlarining oyog‘idan olishayotgani; uchinchisida –
1.5 ming yil avvalgi kumush cho‘michda ikki pahlavonning otdan tushib, qurol-
aslahalarini taxlab qoʻyib bellashayotgani, jumladan, bir-birlarini belbogʻidan tutib
ikkinchi qoʻli bilan (otlari oldida taxlab qoʻyilgan) qurol sanchiqni olishga
intilayotganligi aks ettirilgan.
Albatta, kurashchi-pahlavonlarning qiyofasi va liboslari ham bizning
diqqatimizni tortadi. Birinchi holda libosini aniqlash qiyinga oʻxshaydi, ikkinchi
holda esa pahlavon egnida uzun chalvor (hozirgi kombinzonga oxshash),
oyoqlarida poshnasiz choriq, sochlari oʻrilgan, uzun, orqaga tashlab qoʻyilgan;
uchinchi holatda – pahlavonlarning egnida gulli chapon, oyoqlarida choriq,
boshida qiyiqcha va hokazo. (Bu haqda qarang: Asqarov A. Moziyga tutash
qadriyat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. 2001 yil, 1 yanvar).
Ovchilik asosida chorvachilik shakllanadi, chorvachilikda muayyan
hayvonlar ot, hoʻkiz, eshak, tuya, mehnatidan foydalanish jarayonida ham bu
hayvonlar harakatlarini taqlid qiladigan o‘yinlar vujudga keladi. Masalan; hush-
hush, shohmot, qush haydash, qoʻsh hayda, ilk bor ot egarlash vaqtida qaysar ot
kabi o‘yinlar paydo bo‘ladi. Shuningdek qoʻy junlarini olish mavsumiy marosimi,
qoramol terilarini oshlash va ulardan po‘stin tikish, jun yigirish va kiyim to‘qish
anʼanalari, turli qo‘shiqqa raqslar oʻyinlar paydo bo‘lgan. Xullas chorvachilik
tarmoqlarining har biri masalan; qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik,
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabilar bilan bog‘liq oʻziga xos o‘yin
odatlar paydo boʻlgan.
Dehqonchilik vujudga kelishi va rivojlanishi natijasida ikki anʼana birinchisi
bahorda mehnat mavsumiga kirish va ikkinchisi kuzda xosilni yig‘ish yakuniga
bagʻishlangan marosimlar yuzaga keladi. Ayniqsa yoz boʻyi mehnat qilib moʻl
hosil yetishtirilgan dehqonlar xursand boʻlganidan oʻziga xos xirmon toʻyini
oʻtkazib, unda mehnat jarayonlarini o‘yinlar orqali aks ettirishgan mehnat o‘yinlari
yaxshi kayfiyatda bayram holatida o‘tgan.
Shunday qilib eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotida termachilik
ovchilik chorvachilik dehqonchilikka oid mehnat tajribalari bilan birga oʻyin
raqslar shakllana boshlaydi. Ongli mehnat va tajriba asosida turli oʻyinlar paydo
bo‘ladi va taraqqiy etishi inson rivojlanishida ham muhim oʻrin tutadi. Chunki
o‘yinlar boshqalar tajribasidan, ilgʻorlar yutug‘idan, keksalar ibratidan, avlodlar
merosidan samarali foydalanishga imkoniyat yaratgan.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki marosim, sanʼat, ijod kabi madaniyat turlari
shuning bilan birgalikda sport turlarini ham vujudga kelishida va rivojlanishida
o‘yinlar o‘ta muhim rol oʻynagan. Obrazli qilib aytganda o‘yin koʻpgina qadimiy
madaniy turlarning jumladan raqs teatr sport kabilarning onasi hisoblanadi. Dastlab
oʻyin insonning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan bo‘lsa keyinchalik inson oʻyinni
rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |