89
Nihoyat, eng muhimi – psixologik saralash – verbal testlar hamda so‘rovnomalar,
proektiv metodikalar, maxsus apparatlar, so‘hbatlar vositasida amalga oshiriladi.
Ular yordamida shaxsning layoqatlari va qobiliyati, qadriyatlari tizimi.
Profesional intilishlari, motivlari, qiziqish va intilishlari aniqlanadi.
Professional
saralashning maqsadi va muddaosi professional tanlovdir.
42-rasm
Professional tanlov – bu insonga uning ichki va tashqi imkoniyatlarini,
kasbga mosligining barcha
jihatlarini (tibbiy, fiziologik, pedagogik hamda psixologik) o‘tkazilgan tekshiruvlar
natijasi
o‘laroq tavsiyalar berilishi jarayonidir. Bundan
odam o‘zining qanchalik shu kasbga mosligi yoki
to‘g‘ri kelishi, kasbiy talablarga javob berishi yoki
bermasligi to‘g‘risida tasavvurlarga
ega bo‘ladi.
Amaliyotda professional saralashning natijasi sifatida amalga oshirilgan
professional tanlov odamning individual psixologik xususiyatlari hamda shaxsiy
fazilatlarining tanlagan yoki tavsiya etilayotgan kasbga nechoqlik mosligini
bildiradiki, endi shular asosida shaxs o‘zining butun qobiyatinini amalda
namoyon etishga hozir bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Turli bosqichlardagi ta’lim massasalarida amalga oshirilgan professional saralash
hamda tanlov o‘ziga hos mehnat ekspertizasi rolini o‘ynaydi.
Ikkala shakldagi
tadbirlarda namoyon bo‘ladigan mehnat eksperptizasi ishlab chiqarish
amaliyotida quyidagilarning oldini olishga imkon beradi:
➢
imkoniyati nuqtai nazaridan odamga mutloq to‘g‘ri kelmaydigan mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishiga chek qo‘yadi (masalan, u yoki bu mehnat turi
bilan shug‘ullanishiga yoshi to‘g‘ri kelmaydi, salomatligi ko‘tarmaydi, ma’lumoti
mos emas, psixofiziologik tomondan mos emas);
➢
u yoki bu mutaxassislikka har tomonlama to‘g‘ri keladigan,
yuklatilgan
vazifalarni salomatligiga ziyon etkazmagan xolda maromida bajara oladigan
insonlarni shu kasb uchun tanlash;
➢
qaysi mehnat faoliyati turiga shu shaxsning qobiliyati ko‘proq mos
ekanligini bilgan xolda unga tavsiyalar berish uchun.
Yuqoridagilarning dastlabki ikkitasi muvaffaqiyat bilan ado etilgan taqdirda
uchinchisi o‘z o‘zidan yuqori saviyada bajariladi.
Psixologik nuqtai nazardan profesional tanlov amalga oshirilishi uchun quyidagi
omillar va shartlar inobatga olinishi kerak:
12-jadval
1
U yoki bu kasbga nisbatan ob’ektiv ijtimoiy – iqtisodiy zaruratning mavjudligi
(masalan, professional vakansiyalar, ya’ni, bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjud
Bo‘lgan sharoitda).
90
2
Mehnat samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun kasbga layoqatlilikni aniqlashni
Taqozo etuvchi kasblar doirasi mavjud bo‘lganda (masalan, turli stresslarga
berilish xavfi bo‘lgan sharoitda maxsus psixologik tayyorgarlikni taqozo
etuvchi operator mehnatiga ehtiyojning borligi).
3
Ilgari tajribada sinab ko‘rilgan tanlovga mo‘ljallangan tanlov tizimining
mavjudligi (validlilik, ishonchlilik, bir birini to‘ldirish va o‘rnini bosishga
imkon beradigan diagnostik metodikalar batareyasining borligi).
4
SHunday tanlovlar tizimini tushunadigan, professional malaka va tajribaga
bo‘lgan mutaxassislarning mavjudligi.
Yuqorida bayon etilgan tadbirlar,
jumladan, professional yo‘nalganlikni
aniqlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kasbiy adaptatsiyani ta’minlash va
shaxsning o‘zi faoliyat yuritayotgan sohadagi faoliyatining samaralorligiga
erishishdir.
SHunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: