9
psixik faoliyati hisoblanadi. Ana shu psixik faoliyat qonunlarini o’rganuvchi fan
psixologiya fanidir.
XIX
asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879-yilda nemis olimi Vilgelm Vundt
Leybnis universitetida dunyoda birinchi eksperimental psixologik laboratoriyaga
asos soldiki, unda o’tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning
ham alohida fan sifatida o’zini ko’rsatishga haqli ekanligini isbotladi.
“
Psixologiyaning otasi” hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga
asoslangan ma’lumotlar to’plashga o’z diqqatini qaratdi.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning
predmetini qisqacha qilib,
psixika
deb ta’rif berishadi.
Psixika sezgi, idrok, tafakkur, hissiyot, iroda,
xotira va boshqa shu kabi
tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi,
uning ichki dunyosi, ruhiy hayoti deb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi.
Bundan tashqari biz
amaliyotda psixik hodisalar, psixik holatlar, psixik
jarayonlar, psixik xususiyatlar degan iboralarga ham juda ko’p duch kelamiz.
2-rasm
Psixika
– bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u
tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan
ongsiz) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his
qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixika
lotincha “psyuxe” so’zidan kelib chiqqan
bo’lib, ruh, jon degan ma’noni bildiradi.
Uzoq yillar oldin, koinotdagi bir planetada odamlar paydo bo‘lgan.
SHundan so‘ng bu tirik mavjudotlar o‘zlari va boshqalarga qiziqadigan
bo‘lishdi: “Biz kimmiz?” Bizlarning fikrlarimiz nimalar ishlab chiqaradi?
Bizning hissiyotlarimizchi? Bizning harakatlarimizchi? Va biz qanday
atrofimizni tushuna olamiz va boshqaramiz.
2
Psixologiya fanining
bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga
biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi
butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak,
jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy
muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular
qalbida sof iymon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi
mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa,
bugungi yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur
tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq
va millat manfaatlari bilan
uyg’undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga,
2
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 11-bet.
10
turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi
yo’llarini ham o’rganishi kerak.
Ilmiy psixologiyaning predmeti deganda, avvalo
psixik hayotning aniq
faktlari nazarda tutiladi, psixik hayotga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham
sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega.
3-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: