Ommaviy axborot vositalari.
Teleko‘rsatuvlar nihoyatda mashhur
bo‘lib, har bir xonadonga kirib borga bir sharoitda ular orqali uzatiladigan
axbarotlarning mazmuni, ijtimoiy yo‘nalganligiga mos ravishda yoshlarda u
yoki faoliyat turini tanlash va unga yo‘nalish shakllanib boraveradi. Bu borada
radio eshittirishlarining har o‘rni bor, lekin xususiy kanallar faqat tijorat
maqsadlarida faoliyat yuritayotgan hozirgi sharoitda ularning nufuzi va roli
ancha pastlagan. Lekin agar yoshlarni o‘smirlik hamda o‘spirinlik davrida turli
maqola va kitob mahsulotlaridan foydalanishga o‘rgatish, oila davrasida yangi
kitoblarda ko‘tarilgan muammolarga bola ongini yo‘naltirish, shov-shuvlarga
sabab bo‘lgan maqola yoki yozma boshqa nashrlarni muhokama qilish,
yoshlarning zamonaviy kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ommaviy axborot vositalari orqali kasb haqida tasavvurlarni shaxs
ongida muhrlashda kinoning ham alohida nufuzi va ta’siri bor. Kino bozori
juda keng tarqalgan hozirgi sharoitda milliy kino asarlari bilan bir qatorda
jahon kinolarini tomosha qilish, videorolliklar va kliplar, disk materiallari
orqali kino suratlarga olingan mahsulotlarda bo‘lgan talabni qondirish qiyin
bo‘lmay qoldi. Ko‘pgina milliy kinofilmlar an’anaviy kasb-hunarlardan
tashqari, zamonaviy kasblarni, tadbirkorlik sohalari keng reklama qilmoqda.
Bu xolat yoshlardan yanada aniq va mustaqil fikrli shaxs bo‘lishni talab
etmoqdaki, uning hayotiy pozitsiyasi qanchalik teran shakllangan bo‘lsa, kasb
tanlash va uni professional tarzda ado etish kabilarda qiyinchiliklar kam
bo‘ladi. Albatta, bu borada reklamaning ham o‘rni bor. Shu bois O‘zbekistonda
o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan kasblarni ijtimoiy reklama tarzida targ‘ib etishga
ehtiyoj bor.
O’qituvchilar uchun o’rganish bu maktabda yoki sinflarda sodir
bo’ladigan holatlarda o’z aksini topsa ham garchi har bir o’qituvchi
tashqarida ham sodir bo’ladigan “o’rganish” larga misollarni tasvirlay
olishadi. Xatto o’g’lim Mishel “o’rganish”ni dadasining tajribasi va tafakkuri
qarshisidagi - sinfxonada sodir bo’ladigan o’qituvchining kuzatuvidagi holat
bo’lib ko’rinishini 6 yoshida anglab yetgan edi.
121
Yuqorida ta’kidlangan kasbga shaxsni yo‘naltiruvchi omillar
professional faoliyatning ichki vositalari bo‘lmish bilim, malaka va
ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlaydi. Masalan, o‘quvchi maktabdayoq
muayyan fanlar doirasida bilimlar olishdan tashqari, turli amaliy mashg‘ulotlar
doirasida kasbning malakaviy va ko‘nikma hosil qiluvchi jihatlarini ham
o‘rganadi. Ayniqsa, yurtimizda mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi doirasida joylarda tashkil etilgan va hozirda muvaffaqiyat bilan
120
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 167.
121
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 77-b.
227
yoshlarga kasb-hunar sirlarini o‘rganatyotgan professional kasb -hunar
kollejlari bu borada juda katta ahamiyatga egadir. Chunki ularda yoshlar
nafaqat bilim oladilar, balki aniq muayyan ixtisoslik bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar. Masalan, temir yo‘llari sohasida ochilgan
kollejlar aynan shu soha uchun turli yo‘nalishli kasblarga yoshlarni o‘rgatadi,
chuqur bilimlar beradiki, ular shu soha faoliyati uchun bilim, malaka va
ko‘nikma manbai bo‘lib xizmat qiladi. Akademik litseylar esa malakali kadr
bo‘lib yetishishga imkon beruvchi akademik bilimlar majmuini berib, yoshlarni
oliy o‘quv yurtlariga tayyorlaydi. Bu kabi aniq yo‘naltirilgan tadbirlar
yoshlarni kasbiy yo‘nalishiga mustahkam asos bo‘ladi.
Ma’ruzachi har bir ma’ruzani boshlashidan oldin talabalardan ularning
mobil aloqa vositalarini oʻchirib qoʻyishlarini soʻrashi mumkin. Xattoki bu
talab sizning PowerPoint taqdimotingizdagi birinchi slaydda ham aks
ettirilishi mumkin. Agar biror mobil telefondan ovoq chiqsa shu tomonga
qarab ishora bering. Yana bir bor ta’kidlashimiz mumkin, hazil-kulguli
yondashuv bu holatda oʻrinli boʻlishi mumkin, lekin talabalarga qoidalarni
buzib, ma’ruza oʻtishga salbiy ta’sir oʻtkazayotganliklarini hamda
boshqalarga halaqit berayotganliklarini aytib oʻting.
Ushbu holatda ma’ruzachi oʻzini bosiqlik bilan tutgan holda dars
buzilayotganligini chehrasida aks ettirmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlangani
kabi, hazil-kulgu yondashuvi bu muammoning maqbul yechimiga aylanishi
mumkin.
Ma’ruzaga halaqit berayotgan talabalar bilan oʻqituvchi darsdan soʻng qisqa
tanbeh berishga harakat qilishi darkor. Bema’ni xulq-atvor bilan bogʻliq
muammolarni yechish stressli kechishi mumkin va bu holatda tajribasi
kattaroq hamkasabalar bilan masahatlashishi yordam soʻrashi ham ijobiy
oʻzgarishlarga sabab boʻlishi ehtimoldan holi emas.
Agar mazkur muammo orqali dars jarayonini davom ettirish imkoni
boʻlmay qolsa, u holda ushbu talabadan dars xonasini tark etishini soʻrash
mumkin. Ammo bu yechim ma’lum ogohlantirish berishlar orqali amalga
oshirilishi lozim. Qat’iyatlik va ortiqcha bema’ni harakatlar bilan bogʻliq
muammolarni hal qilish rasmiy yoʻllar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Talabalar tartib-intizomiga tegishli qoidalar barcha universitetlarda mavjud
boʻlishi lozim. Bu tartib-intizom qoidalari ayrim kichik miqdordagi
talabalarga nisbatan qoʻllanilishi va shu orqali bema’ni xulq-atvorni barxam
toptirish mumkin.
117
Texnikani boshqarishga o‘rgatishda bevosita uning qismlarini ko‘rsatish
qanchalik muhim bo‘lsa, maxsus trenajerlar yordamida o‘rtazilagan treninglar,
mutaxassis sifatida turli ishchanlik o‘yinlari (deloviye igri) shunchalik uni o‘z
kasbining mas’uliyatidan qo‘rqmaslik, dadil va iroda bo‘lishga, kutilmagan
ekstremal vaziyatlardan chiqishga ruhan hozirlaydi. Chunki texnik qobiyatlarni
o‘stirish, texnika bilan “senlashish” uchun qanchalik maxsus trenajerlar muhim
228
bo‘lsa, muxandis uchun odamlar bilan muloqot, ular bilan hamkorlikka hozirlik
shunchalik muhimdir. Ikkala xil treninglar ham bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbi
borasidagi har qanday qiyinchilikka chidamli va hozir bo‘lishga imkon beradi.
Bunda psixologiyaning ahamiyati juda kattadir.
Ko’p o’qitiuvchilarni ta’kidlashicha, ular asosiy foydali yordamni o’z
fanlariga tegishli soxalar doirasida olishmoqda. Oliy Ta’lim Akademiyasi
tarmoqlararo doirasida 24 Har xil yo’nalishdagi markazlar faoliyat
ko’rsatmoqda va quyidagi ko’rsatilgan markazlar xususan muhandislik
sohasiga aloqador:
Do'stlaringiz bilan baham: |