1.
Iqti
s
odchi
-
pedagoglarni
tayorlashda muloqotning
psixologik va pedagogik
xususiyatlari.
David G. Mayers Psycholo
138
ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko`ra
vazifasi ham agar u o`quvchilarni o`zi bilan birgalikdagi faoliyatga unumli
jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga javob beradigan
tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakat va o`zaro hamjixatlikni yo`lga qo`ya
olgan, ya’ni to`laqonli pedagogik munosabatni o`rnata olgan taqdirdagina
muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
4-rasm
Pedagogik munosabat
deganda pedagog va
o
`quvchilar jamoasi o`rtasida o`zaro birgalikdagi
harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv-
tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro
hamjixatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va
malakalari tushuniladi.
Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi
va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Pedagogik munosabat bir
tomondan, o`quv-tarbiya jarayonining hissiy holati bo`lib, ikkinchidan
tomondan esa, uning bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bo`ladi.
Munosobatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq ravshandir. Kishi
birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruriyatga ko`ra boshqa odamlar bilan
birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o`rnatishi, o`zaro
hamjixatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot
berishi lozim. Bu o`rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning
eng muhim informativ jihati, kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi.
Turli xil ta’lim yoʻnalishlari, jumladan muxandislik va biznes sohasi
talabalarida seminarlar davomida intensiv oʻqitish gʻoylari sinab koʻrildi.
Talabalardan oʻzlari bilan devorga ilingan ikkita biri qoʻlda va biri raqamli
formatda chizilgan daraxt rasmlarini olib kelish soʻraldi. Keyin ulardan rasm
chizish amaliyotining oddiy lekin asosiy prinsiplarini namoyon etuvchi
rassomchilikning kichik bosqichlarini amalga oshirishlari kerakligi aytildi.
Har bir bosqichda natijalar talabalar tomonidan muhokama, tahlil va
ifoda qilindi. Ikki soat davomida, prinsiplarga rioya etgan holda, har bir
talaba professional, koʻrgazma standartidagi suratlarni chizishdi. Ularning
yakuniy seminardagi ishlarini birinchi seminardagi ishlari bilan solishtirish
natijasida ular rivojlanishning asosiy elementlarini aniqlay va baholay
oldilar. Va muhimi, san’at talabalari boʻlmaganlari vizual til va ijodkorlikni
kashf qilish uchun etarli darajada oʻzlarini vakolatli his etdilar.
David G. Mayers Psycholo
139
Seminarlarni kuzatishda, ta'lim xodimlari talabalar va seminar
yetakchisi oʻrtasidagi muloqotga asoslangan, studiya muhitida baholash
jarayonini ifoda eta oldilar.
Ahamiyatga molik boshqa tomonlar “kichik bosqichlar” metodi,
rasmlarni kritik baholash, yuqori energiya, motivatsiya va rohatlanish guruh
dinamikasi – yuqori natijalarni erishish uchun xizmat koʻrsatish kabi
usullarni ishlatishdir. Umumiy baholash seminarlar maqsadi emas, balki
asarlar koʻrgazmalari bilan tuzilgan toʻliq rivojlangan dasturlar doirasida
birlashgan boʻlishi mumkin.
72
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, shehriy satr, o`tkazilgan daraxt,
yaratilgan yoki ijro etilgan qo`shiq) - bu, bir tomondan, faoliyat mavzusi
bo`lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo`ladiki, kishi uning
yordami bilan ijtimoiy hayotda o`zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa
odamlar uchun yaratilgandir.
SHu orqali odamlar o`rtasidagi munosabat bevosita o`z aksini topadi,
ijod qilayotganlarga va bajarayotganlargaham, iste’mol qilayotganlarga va
o`zlashtirayotganlarga ham tegishli bo`lgan umumiy narsani ishlab chikarish
tariqasidagi munosabat hosil bo`ladi.
Darhaqiqat, shu o’rinda yana bir boshqa nomutanosiblik mavjud
bo’lib, u o’quvchining ingliz tilini o’rganayotgan vaqtida o’zining ona tilini
yo’qotib borishi holatida namoyon bo’ladi. Bu kabi bilingualism Amerika
Qo’shma Shtatlarida va immigrant fuqarolar orasida oddiy holbo’lib qolgan
(Tse, 2001).
Mana bu holatni tasavvur qiling: Birinchi avlod vakillari immigrantlar
mamlakatga kirib kelgan va ingliz tilini o’zlarining kunli ehtiyoji va ishi
yuzasidan o’rganishadi, lekin uylarida o’zlarining ona tilini oila a’zolari
davrasida yoki do’stlari bilan muloqotda ishlatishadi. Xatto ularning bolalari
ingliz tilini o’rganish va ishlatish uchun ota-onalari tomonidan kuchli bosim
oladilarva ushbu holat bolaning ona tilisini va ingliz tilini aralashtirib
o’rganishiga olib keladi.Bolalar balog’at yoshiga yetgunlaricha ingliz tilida
ona tillaridan ko’ra ravon yozib, so’zlab keta boshlaydilar xatto o’z ona
tillarini ishlatishga xohislari ham yo’qolib boradi (dastlabki immigrantlarni
nabiralari).
Ushbu holat bir qarashda muammo bo’lib ko’rinmasligi mumkin, lekin
bu muammoni oldini olish uchun bia o’qituvchilar ma’suliyatni o’z
zimmamizga olishimiz kerak negaki immigrant o’quvchilar begona tilning
ko’rsatmasini olib kata bo’lishadi. Haqiqattan ham ushbi holatga ko’z yumib
72
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 49,50.
David G. Mayers Psycholo
140
ketib bo’lmaydi.Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tilni yo’qotish o’quvchining
ingliz tilini o’rganish qobiliyatiga ta’sir o’tkazadi.
Agar ona tilde so’z boyligi yuqori bo’lsa, demak ikkinchi tilda ham so’z
boyligini oshirish vaqti tejaladi (Hansen, Umeda & McKinney, 2002). Biroq
o’quvchilar faqat ona tilini saqlab qolishgina anglab yetishadi.Agar o’quvchi
hamma tilalrda beo’xshov mahorat va qobiliyatga ega bo’lsa uning ona
tilisini saqlab qolish juda ahamiyatli shuning uchun ham nutq bo’yicha
mutaxasislardam yordam kerak bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, agar
mutaxasisning o’zi ham ona tilini va shuningdek ingliz tilini ravon gapirsa
shunda o’quvchiga samara beradi ekan (Kohnert, et al., 2005). Umuman, til
yo’qolishi kamaytirish bolaning bilim salohiyatiga yordam beradi chunki tilni
saqlab qolish o’quvchilarning va otaonalarning o’rtalaridagi muloqotni
boyitadi.Ikkita til bilan ishlashda ota-onalar bir xil maromda bolalarning
bilimini oshirishda ro’l o’ynashadi va o’qituvchilarning ishini qo’llab-
quvvatlashadi masalan uy vazifalariga ko’maklashgan holda (Ebert, 2005).
73
Do'stlaringiz bilan baham: |