FAN HAQIDA MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan
oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa
muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish” vazifalari
belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish,
innovatsion jarayonlarni boshqarish, o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga
yo’naltirish, umumiy o’rta ta’limda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarishga
kompetent menejerlarni tayyorlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son, 2018-yil 21-sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-son, 2019-yil
29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
kontsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmonlari, 2018-yil 5-sentabrdagi
“Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-3931-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-son Qarori maktab
menejmenti asoslari fanini o‘qitishning metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
“Maktab menejmenti” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi bo’lajak menejer maktabda
innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, innovatsion jarayonlarni loyihalash,
innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish, xalqaro baholash dasturlarini boshqarish,
PISA va TIMSS dasturlari asosida ta’lim sifatini boshqarish, tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish va boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur.
Talabalarni maktabda pedagogik jarayonlarni boshqarishga tayyorlashda mazkur fan
muhim ahamiyatga ega.
Fanning maqsadi
– talabalarda maktab menejmenti asoslari hisoblangan
innovatsion jarayonlarni boshqarish, xalqaro baholash dasturlari va tarbiyabiy ishlarni
tashkil etish va boshqarishga doir bilimlar tizimi va kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari
– innovatsion jarayonlarni boshqarishning nazariy va amaliy
asoslarini o‘rgatish; xalqaro baholash dasturlarini, shu jumladan, PISAni boshqarish
ko‘nikmalarini shakllantirish; tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, o’tkazish, ma’naviy-
ma’rifiy ishlar monitoringini amalga oshirish ko’nikmalarini tarkib toptirishdan iborat.
“Maktab menejmenti asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
–
ta’limda innovatsion faoliyatning metodologik asoslari;
–
ta’limni boshqarish sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar;
–
o’quv-tarbiya sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar;
–
ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlar;
–
o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning
ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlar;
–
tarbiyaviy ishlarni rejalshtirishning nazariy asoslari va metodikasi;
–
tarbiyaviy faoliyat mazmuni;
–
o’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etish va o’tkazish
texnologiyasi
haqida bilimga ega bo‘lishi;
–
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash;
– ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl, metod va vositalarini joriy etish;
–
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni dasturiy-texnologik ta’minotini ishlab
chiqish;
–
ta’lim muassasaida tadqiqotni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish;
–
test jarayonini o’tkazish va nazorat qilish;
–
asosiy tarbiyaviy funktsiyalarni amalga oshirish va tarbiyaviy jarayonlarni
loyihalash;
–
o’quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beruvchi tarbiyaning turli metod va
vositalarini tanlash hamda foydalanish;
–
o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi monitoringini amalga oshirish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– zamonaviy maktabda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;
– ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash metodologiyasi va metodlarini
qo’llay olish;
– test materiallarini olish, tekshirish;
– koordinatorlarni test jarayonini o’tkazish bo’yicha materiallar bilan tanishtirish
hamda test jarayonini o’tkazishga tayyorlash;
– test o’tkazish uchun bino va materiallarni tayyorlash
malakalariga ega bo‘lishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |