(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
ta’lim berish tilini tanlash;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo‘lishni talab qilish;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma shartlarida
belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotidan olib ketish;
(24-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y.,
09/21/320/0482-son)
ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishlari mumkin.
25. Quyidagilar ota-onalarning majburiyatlari hisoblanadi:
Oldingi
tahrirga qarang.
oilaviy nodavlat ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar badalini o‘z
vaqtida to‘lash;
oilaviy nodavlat ta’lim tashkilotida bolaga berilgan ta’lim-tarbiyani mustahkamlash uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish.
(25-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y.,
09/21/320/0482-son)
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
26. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi
munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga
muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
27. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik
ma’lumotli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-
son)
Oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan (tegishli hududlarda oliy yoki
o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo‘lmagan holatlarda) O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar ham pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan
shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
28. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan
mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
29. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari belgilangan tartibda pedagog
kadrlar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari,
mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar
yaratadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
30. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun
hujjatlarida, ushbu tashkilotning ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
31. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagi
huquqlarga ega:
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ushbu tashkilot ustavida
belgilangan tartibda qatnashish;
(31-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-
yil 20-maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y.,
09/21/320/0482-son)
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
32. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagilarga
majbur:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-
son)
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik
va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini
oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni
tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |