Psixologik trening asoslari


Guruh ishtirokchilarining rasmiy mavqei, ma’lumoti, kasbiy



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

Guruh ishtirokchilarining rasmiy mavqei, ma’lumoti, kasbiy 
mansubligi va milliy va diniy mansublik.
Treningning asosiy maqsadi shaxsni 
psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his 
etish, o’z guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata 
olishni shakllantirishdan iboratdir.
Ma’lumki, yangilik doim ayrim qiyinchiliklar yoki kishilar ongidagi 
to’siqlardan o’tib, hayotda o’z aksini topadi. Ijtimoiy psixologik treningning 
shaxs tarbiyasi, madaniyati va texnikasining vujudga kelishi ham muhim 
ahamiyatga ega. Lekin bunga o’xshash texnologiyalar insoniy munosabatlar 
sohasida yangi bo’lib, ularni keng amaliyotda joriy etishda xalqning 
psixologiyasi, uning ming yillar davomida shakllanib, ongi va xotirasida 
saqlanib, mustahkam o’rnashib ketgan an’anlar, rasm-rusumlar va odatlar 
qatorida o’z o’nini topishiga aloqador mahalliy hamda milliy o’ziga xoslikni 
hisobga olish zarur.
O’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillarida 
asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa 
aloqador fazilatlar va qadriyatlar borki, ular dunyo sivilizatsiyasi doirasida juda 
yuqori baholanib kelinmoqda. Lekin anashu olijanob insoniy fazilatlarda ayrim 
jihatlar borki, ular aynan psixologik treningni tashkil etish va o’tkazishda o’ziga 
xos xususuyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikrini tushunishga 
erishish, shaxs, yoshi va hayotiy tajribasini, jamiyatdagi obro’ etiborini har 
qanday sharoitda ham hisobga olish, tanqid yoki o’z-o’zini tanqid qilishda yuz 
xotirlik fazilatlari, o’z hissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq oydin izhor 
qilmaslik, Yevropa mamalakatlari standartlari bo’yich ijtimoiy psixologik 
treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin.
Xalqning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi 
innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu 
boradagi yoshlar iqtidorini hisobga oladigan bo’lsak, ularda jahon talablari 
darajasida treninglarni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida, 


47 
shuningdek, ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, faollikni oshirish borasida har 
qanday vaziyat yoki omil doirasida etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklarni 
hisobga olib, mashg’ulotlarni tashkil etilishi va o’tkazilishi foydadan holi 
bo’lmaydi.
 
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy 
jihatlarini hisobga olib tashkil qilishda quyidagi tamonlarga e’tibor qaratish 
mumkin: 
 
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning 
qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab tahlil qilish kerak. Masalan, 
ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, 
xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin 
bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan 
oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish 
rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Tajribalardan 
shu narsa ayon bo’ladiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar 
o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki 
xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik 
bilan kechadi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan hyollarda,odatda rollar 
almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular 
xulqida tortinchoqlik, xavotirlanish, ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni 
uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda 
guruh a'zolarini yuqorida keltirib otilgan o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq, 
samaraliroq muloqotlarga sabab bo’ladi.
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash 
xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar 
shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish 
ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar ‘tiliga’ xos jihxatlar ham 
mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni 
keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan 
natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b va did hisobga olinishi 
kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini 
ko’proq psixoemotsional qo’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada 
yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda 
begonalar oldida o’z hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istihola qilish sifatlari 
borki, shu sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt 
talab qilinadi.


48 
To’rtinchidan, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, masalan, qizlar guruhi 
alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jihatdan boy 
treninglar ko’rsatadilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik 
rollariga bemalol kira oladilar. Yigitlarning sof guruhida ham ikkala rolni 
uddalash hollari kuzatiladi. Lekin aralash guruhlar sharoitida bunday samaraga 
erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik mahorat va qaytarishlar talab 
qilinadi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik 
treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruhlarni 
shakllantirishda yosh, jins va mavqeiga bog’liq jihatlarni hisobga olish
mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil 
etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga 
beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z 
‘eruditsiyasini’ namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki 
tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. 
Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan 
malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va 
guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, 
o’ta kuzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarur.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z 
dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan 
mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya 
oliygoh1ari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik 
trenerning o’sha ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish 
lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki 
ular faoliyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon 
o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi 
xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli 
shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan 
bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi 
ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan 
biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korreksiya qilishda 
treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda 
demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruhlarni tayyorlash ishi yanada 
jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi 
(shuuri)ga aylanadi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish