O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Quduqlarning egrilanishi  deb,  quduq  stvolining boshlang‘ich
belgilangan  yo‘nalishidan  chetlashishiga  aytiladi.
Quduqning  yer  qa’ridagi  holati  zenit  va azimut  burchaklari
qiymatlari  bilan  aniqlanadi.
Zenit  burchagi  () deb,  quduq o‘qining  istalgan  nuqtasiga
o‘tkazilgan  urinma  bilan  vertikal  orasidagi  burchakka aytiladi.
Quduqlarning 
og‘ish    burchagi  esa    quduq  o‘qidagi    nuqtaga
o‘tkazilgan  urinma  bilan  gorizontal  orasidagi  burchakni  tashkil
etadi  ().


128
Azimut  burchagi  ()  deb, soat  strelkasi  yo‘nalishi  bo‘yicha
o‘lchanadigan, quduq  o‘qining  gorizontal  tekislikdagi   proyeksiyasi
bilan  shimol  yo‘nalishi  orasidagi  burchakka  aytiladi.
Og‘ish  burchagi  90

 ga  teng  bo‘lgan  vertikal  quduq  azimut
burchagiga  ega  emas. Vertikal  quduqning   zenit  burchagi  nolga
teng  bo‘ladi.
Burg‘ilash  quduqlari  tez-tez  o‘z  holicha  egrilanadi.  Vertikal
quduqlar  vertikaldan  chetlashadi,  ya’ni  asta-sekin  yoki  birdan
zenit  burchaklarini  oshiradi.
Og‘ma  quduqlarning  boshlang‘ich  zenit  burchaklari  chuqurlik
ortgan  sari  oshishi  yoki  kamayishi  mumkin.
Zenit burchagining burg‘ilash jarayonida ortib borishi  «Âûïî-
ëàæèâàíèå»,  kamayishi  esa  «âûêðó÷èâàíèå»  deb  ataladi.
Egrilangan  quduqlarning  azimutlari  goh  o‘ng tomonga, goh
chap  tomonga  o‘zgarishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  azimut
burchagining  o‘zgarish  intensivligi  vertikal  quduqlarda  og‘ma
quduqlarga  nisbatan  ko‘p  bo‘ladi.
Agar  quduqlarning  tabiiy  egrilanishi  inobatga  olinmasa, u
foydali  qazilma  zaxiralarini  hisoblashda  geologik ma’lumotlarning
chalkashligiga  olib  keladi.
Egrilangan    quduqlarda    jinslarni    parchalovchi    asbobga
beriladigan    og‘irlik    kuchini    idora    qilish    murakkablashadi,
burg‘ilash  quvurlarining uzilishi  ortib  boradi,  avariyalarni  bartaraf
etish  va obsadka  quvurlarini  quduqqa  tushirish  murakkablashadi,
burg‘ilash  quvurlarini  aylantirish uchun  sarflanadigan  quvvat
ortadi,  burg‘ilash  quvurlarini  ko‘tarib-tushirishda  snaryadning
ushlanib  qolish  ehtimoli  yuz  beradi.
Quduqlarning egrilanishini  ko‘rsatuvchi  belgilar:
1)  burg‘ilash    quvuri  va  ularning    tutashtirish    elementlari
yeyilishining  kuchayishi;
2) snaryadning  ushlanib  qolishi  va kryukdagi  yuklamaning
kamayishi;
3) burg‘ilash  snaryadini aylantirish  uchun  quvvatning  ortishi;
4) dvigateldagi yuklamaning  ortishi  va  u bilan  bog‘liq  bo‘lgan
stanokning  ayrim  uzellarining qizib ketishi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish