Shlam yig‘uvchi quvurlar. Burg‘ilash jarayonida yirik va og‘ir
zarrachali shlamlarni ushlab qolish uchun ishlatiladi. Shlam
yig‘uvchi quvurlar kolonkaviy quvurlar uchun ishlatiladigan po‘lat
zagotovkalardan tayyorlanadi. Shlam yig‘uvchi quvurning ostki
qismida chap rezba ochilgan bo‘lib, bu rezba uchamakli o‘tgich
bilan tutashtirish uchun ko‘zda tutilgan.
Obsadka quvurlari. Kolonkaviy burg‘ilashda choksiz ishlangan
obsadka quvurlari ishlatiladi. Ularning tashqi diametrlari tekis
ishlangan bo‘lib, o‘zaro ni ppellar bilan ulanadi. Obsadka quvur-
lari kolonkaviy quvurlardek tayyorlanadi, faqat ularning ochilgan
rezbasi uzunligi 60 mm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |