83
takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxshi va davomli boʻladi, ma‘lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi, amaliyot sub‘ektlari pozitsiyalarini toʻla yangilaydi. Bunda faoliyatning yoʻnalishlari
ochiladi, zamonaviy texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat samaralariga erishiladi, natijada
amaliyotning oʻzi ham yangilanadi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion
jarayon deb – innovatsion oʻzgarishlarga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
Innovatsion jarayon – bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tomonidan
oʻzlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning oʻzgarib boruvchi
yaxlitligidir.
Boshlangʻich ta‘lim jarayonidagi innovatsion oʻzgarishlar, tizimga har qanday yangilikning
kiritilishi bevosita oʻqituvchi faoliyatini yangilash va oʻzgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha
oʻrganilgan.
Innovatsion faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash boʻlib, u uzoq vaqt
davomida shakllanadi va takomillashib boradi.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an‘anaviy me‘yorlarning mos kelmasligi yoxud
amaliyotning yangi shakllanayotgan me‘yorining yuzaga kelgan me‘yor bilan toʻqnashuvchi natijasida
vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik
faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta‘lim rivojiga hissa qoʻshadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta‘sir
koʻrsatadi.
Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, oʻqitishning hozirgi zamon
tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Yangi
pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, unda qoʻyilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi
oʻquv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, boshlangʻich sinflarda olib borilayotgan dars mashgʻulotlarining muvaffaqiyatli
oʻtishining 80 foizi ta‘lim jarayonini toʻgʻri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga
bogʻliqdir.
Ayniqsa, boshlangʻich sinflarda oʻquv jarayonlarini loyihalashtirishda ta‘lim mazmunini, ta‘lim
maqsadi (tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida), kutilayotgan natijani aniq belgilash, ta‘lim
metodlari, shakllari va vositalarini toʻgʻri tanlash, oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malaka,
kompetensiyalarini baholashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashgʻulotga ajratilgan vaqt
ichida ularni samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uygʻunlashuviga e‘tiborni qaratish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: