O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Список литературы: 
1. 
Примерные программы начального общего образования. –М.: «Просвещение», 2010 
2. 
Селевко Г.К. Современные образовательных технологии: Учебное пособие. -М.: Н–
родное образование,1998
3. 
Е.А. Соколов. -М.: Вузовский учебник: 2012. Проблема модульного обучение
Интрернет ресурсы. 
1. 
http//www.ziyo.net 
2. 
www.edu.uz 
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA MEHNATSEVARLIK
KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA O`QISH KITOBLARINING O`RNI 
Jamilova B., BuxDU dotsenti, 
Usmonova J., BTU talabasi 
Ta‘lim-tarbiya hamma zamonning eng dolzarb va serqirra jarayoni bo`lib, unga alohida e‘tibor 
hamda mas‘uliyat bilan yondashilgan. Chunki, jamiyat tayanchi va taraqqiyoti, kelajak istiqboli 
bugunning jajji bolakaylari, o`quvchilari qo`lida ekani yaxshi ma‘lum. Zotan, ta‘lim sohasiga qaratilib 
kelayotgan e‘tiborning bosh maqsadi darsliklarning yangi avlodini yaratish orqali tarbiya jarayonining 
muhim vositasini yaxshilash hisoblanadi. Hatto bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Xususan, 
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida hunar maktablarini tashkil qilish borasidagi 
ko`rsatmalar diqqatga sazovor. Binobarin, boshlang`ich sinflarning O`qish darslari orqali o`quvchilarni 
hunarga, mehnatsevarlikka o`rgatishda kompetensiyaviy yondashuv muhim. Aytaylik, 1-sinf O`qish 
kitobidagi ―Mehnatning – tagi rohat‖ deb nomlangan bo`lim ostidagi har bir matn bevosita o`quvchilarni 
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Aytaylik, ―Aqlli bog‗bon‖ ertagida bolalarni mehnatga 
o`rgatishning donishmandona namunasini kuzatish mumkin. Ertak sujeti quyidagicha: ―Bir bog‗bonning 
dangasa va ishyoqmas uch o‗g‗li bor edi. Bog‗bon bir kuni kasal bo‗lib qoldi. U o‗g‗illarini yoniga 
chaqirib, shunday vasiyat qil di: ―O‗g‗illarim, umrim oxirlab qolganga o‗xshaydi. Bog‗ning ichiga bir 
ko‗za oltin ko‗mib qo‗yganman. O‗zingiz kovlab topib, bo‗lishib olasizlar‖. Oradan bir necha kun o‗tib, 
bog‗bon dunyodan ko‗z yumibdi. O‗g‗illari oltin axtarib bog‗ni shunday qazibdilarki, tuproqlari kul 


50 
bo‗lib ketibdi. Lekin tokning ildizidan boshqa hech narsa topa olmabdilar. Ammo shu yili tok shunday 
uzum qilibdiki, uning pulidan bir necha ko‗za oltinga to‗ladigan bo‗libdi. Shundan so‗ng bu yalqovlar 
bildilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan‖[7, 84]. 
Bog`bon farzandlarini o`z vaqtida mehnatsevarlik ruhida tarbiyalay olmagani uchun, umri 
so`nggida shunday usulni qo`llashga majbur bo`lgani ayon. Chunki, bog`dagi barcha ishni nuqul otaning 
o`zi bajargani uchun, o`g`illarining qo`lidan yerni chopish, yumshatish kelmasligiga ko`zi yetgan 
bog`bon shunday tadbirni o`ylab topgan. Ammo, ramziy ma‘noda, donishmand chol haqiqatan oltin 
deganda yerdan topib olinadigan tayyor boylik emas, mehnat va mashaqqat bilan erishilgan xazina 
ekanligini aytmoqchi. Ertak bilan tanishgan o`quvchilar o`qituvchilari yordamida dangasalik va yalqovlik 
oqibatini tushunib oladilar. mehnatsevarlik esa nafaqat kishini muhtojlikdan qutqazadi, balki obro`-
e‘tiborini ham oshiradi. Ana shu mantiqni o`quvchilarga to`g`ri anglatish ertak maqsadini oydinlashtiradi. 
Shu sababli ertakning sarlavhasi ham ―Aqlli bog`bon‖ deb nomlangani, ya‘ni aql bilan ish tutgani uchun 
farzandlari o`zidan keyin xor bo`lmay, mehnat qilishni o`rganganligi oydinlashadi. 
Bu kabi didaktik xulosaga ega matn va hikoyalar o`quvchilarda qator kompentensiya elemenlarini 
shakllantiradi. Ya‘ni, fanga oid adabiy-nutqiy, badiiy matnni tahlil qilish kompetensiyalaridan tashqari 
mehnat qilishga motivatsiya uyg`otadi. Binobarin, 1-sinf O`qish kitobining shu bo`limidagi yana bir 
hikoya diqqatni tortadi. Bu Abdulla Avloniyning ―Soqi bilan onasi‖ hikoyasidir. Bu hikoya ham 
kichkintoy bolalar hayotida tez-tez uchrab turadigan odatlar ifodasidir. Negaki, hozir ham ko`pgina 
bolalar har xil ovqatlarni yemay, xarxasha qiladi. Yoki, 1-2-sinf o`quvchilari ham shirinlikka o`chligidan, 
yoxud jismoniy mehnat qilmaganidan ishtahasi yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, sho`rvaga o`xshagan 
ovqatlarni yomon ko`radilar. A.Avloniy XX asrning boshlaridagi ilk bolalar shoiri, islohotchi pedagogi 
bo`lgani uchun bu masala dolzarbligini to`g`ri anglaydi va mehnatsevarlik ruhidagi tarbiyaga e‘tibor 
qaratadi. Hikoyani o`quvchilar katta qiziqish bilan o`qishlari va o`zlarida ham shunday holat uchrab 
turishiga iqror bo`lishlariga shubha yo`q. Hikoya shunday bayon qilingan: ―Bir kuni Soqi maktabdan 
kelib, onasidan ovqat so‗radi. Onasi oldiga bir kosa ovqat keltirib qo‗ydi. Soqi sho‗rvadan bir qoshiq 
og‗ziga olib: ―Ona, men bu mazasiz sho‗rvani ichmayman‖, – dedi. Onasi: ―Ichmasang qo‗y, o‗g‗lim, 
boshqa ovqat pishirib beraman‖, – deb olib qo‗ydi. Soqiga kechgacha xazon tashittirdi. Soqi horib-
charchab, qorni ochdi. Onasi yana shu sho‗rvani isitib keldi. Soqi sho‗rvadan biroz ichib ko‗rib: ―Mana, 
onajon, bu qanday totli sho‗rva bo‗libdi. Umrimda bunday shirin sho‗rva ichganim yo‗q‖, – dedi. Onasi 
kulib: ―Ey o‗g‗lim, bu boyagi o‗zing ichmagan sho‗rva. Hozir sen harakat qilding, ishlading, qorning 
ochdi, ishtahang ochildi. Sho‗rva ham shirin tatidi‖, – deb javob qaytardi.‖[7,86]. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari, jumladan, 1-sinfda hali mehnatsevarlik nima ekani haqida 
tasavvurlari keng emas, albatta. Ammo bu kabi hikoyalarni o`qigan kichkintoylar mehnatning katta-
kichigi bo`lmasligini, kattalar yordamida mehnat qilishni va uning lazzatini tushuna boshlaydilar. Shu bir 
xil taomning mehnat qilmasdan ilgarigi va keying mazzasi tom ma‘noda asosli. Yoshligidanoq mehnat 
qilib yeyilgan ovqat shirin bo`lishini anglagan bola, voyaga yetgach, halol mehnatning ovqati beminnat 
bo`lishi, ko`ngilga xotirjamlik va zavq bag`ishlashini his eta boradilar. Ya‘ni, har bir narsaning poydevori 
to`g`ri belgilanishi lozim. Shu sababli, yuqoridagi hikoyadan keyin keltirilgan ―Ish ishtaha ochar, 
dangasa ishdan qochar‖ maqoli ayni muddaoni yaqqolroq oydinlashtiradi. Demak, ish qilish, mehnatga 
o`rganish ishtahaning kafolati. Ya‘ni jismoniy mehnat bilan zuvalasi pishgan bola polvon bo`ladi. 
Polvonlik esa o`z-o`zidan yaxshi taom yeyish, ishtaha bilan ovqatlanish, yana uni mehnat orqali yaxshi 
hazm bo`lishiga erishish kabilar sog`lom turmush tarzi garovi ekanligini ham ta‘minlaydi.
Demak, o`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ularning jismoniy sog`lomligiga 
erishish degani hamdir.
Umuman, bolalarning turli fe‘l-atvorlariga bag`ishlangan hikoyalar ham o`quvchilarda alohida 
qiziqish uyg`otadi, albatta. Xuddi shunday e‘tirofni, deyarli barcha hikoyalar haqida aytish mumkin. 
Hikoyalar qaysi mavzuda bo`lishidan qat‘iy nazar, avvalo, badiiy asar namunasi sifatida qimmatli. U 
o`quvchilarni katta hayot yo`liga, ma‘rifat olamiga yetaklovchi tilsimlarning biridir. Hikoya, she‘r, qissa 
o`qib ulg`aygan bola ezgulikka hamroh bo`ladi. Ma‘naviyati kemtik bo`lmaydi. Eng muhimi, ulardan 
qadim ajdodlarimiz, xalqimiz mentalitetiga xos odob-andisha, aql-u farosatli bo`lishi, istiqbolli 
kelajakning haqiqiy vorislari yetib chiqishiga shubha qolmaydi.
1-sinf O`qish kitobida Po‗lat Mo‗minning ―Yer nima der?‖ she‘ri ham berilgan. Aytish 
mumkinki, bu yuqorida aytilgan fikrlarning poetik ifodasi bo`la olishi bilan e‘tiborni tortadi. P.Mo`min 
ham bolalarning sevimli, qo`shiqchi shoiri. Uning har satrida bolalarga xos ifoda, shirin va sodda til, 
yoqimli ohang kuzatiladi. Shu sababli mehnatsevarlik mavzusidagi she‘rni ham bolalarga tushunarli, 
tasavvuriga yaqin suhbat shaklida yozishi bejiz emas:
Bilasizmi, ona Yer 


51 
Hammamizga nima der? 
Eng birinchi bizga u 
Deydi: Menga ko‗ngil ber. 
U bizlarga uqtirar: 
– Mehnat qilgan halol yer. 
– Hosil beray, – deb aytar, – 
Peshanadan to‗ksang ter. 
Bizga yana so‗zlaydi: 
– Yaxshilarga gullar ter. 
Eng oxirgi so‗zi soz: 
– Bor ekanman, yashayver. 
She‘r jajji 1-sinf o`quvchilariga tushunarli, albatta. Mehnat qilgan kishining halol yeyishi haqidagi 
fikrni esa o`qituvchi dars davomida yanada yorqin misollar bilan tushuntiradi. She‘rni o`qigan bola Yer 
ham odamlarni mehnat qilishga undagani, barcha hosil o`zida bitishi, odamzotning yashashi uchun unga 
mehr qo`yish, demakki, ter to`kib mehnat qilish haqidagi tushunchaga ega bo`ladi. Yaxshilik, 
mehnatsevarlik insoniy fazilatlardan ekani shu tariqa o`quvchilarga boshlang`ich sinflardanoq anglatib 
borilsa, ta‘lim-tarbiyaning uzviyligiga ham erishiladi. She‘r so`nggida berilgan maqol esa bo`lim 
mohiyatini teranroq tushunishga yordam beradi: ya‘ni, ―Yer boylikning onasi bo‗lsa, otasi – mehnat‖,– 
deyilganda donishmand xalqimizning juda chiroyli o`xshatishini guvohi bo`lamiz. Yer o`z bag`rida 
shuncha ne‘matlarni yetishtiradi, insoniyat, hayvonot, nabotot– jumla olam rizqi ibtidosi-yu intihosi ham 
ana shu ona-zamin bilan bog`liq. Uning saxovati, mehri-yu beg`arazligini chindan-da onalarga mengzash 
mumkin. Barcha ne‘matlarga, orzu-maqsadlarga esa mehnatsiz erishib bo`lmaydi. Ya‘ni borliqning, 
mavjudlikning asosi mehnatdir. Zero, o`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalshning asl mohiyati 
ham shunga yo`naltirilgan.
Darslikdagi ―Tugma‖ (Shuhrat) hikoyasi ham mazkur fasldagi ibratli saboqlardan hisoblanadi
unda keltirilishicha, Erkinjonning kiyimidan tugmasi tushib qolibdi. 
– Iye, o‗g‗lim, tugmachang tushib qolibdi-ku, – dedi buvasi. Erkinjon beparvo turgan edi, 
buvasi: – Hammasi shu kichkina narsadan boshlanadi. Bugun tugmachaga befarq qarasang, ertaga 
poyabzaling yirtilsa ham yuraverasan. Bu yaxshimas. Qani, darrov qadab ol! – dedi. Erkinjonning ayasi ip 
o‗tkazayotgan edi, buvasi norozi bo‗lib dedi: – O‗ziga bering, o‗zi o‗tkazsin, tugmaniyam o‗zi qadasin! 
Erkinjon tugmani zo‗rg‗a qadadi. Bir marta barmog‗iga igna kirib ketdi.
– Odam bolasi har narsaga qodir, faqat qunt kerak, – dedi buva [7,89]. 
Darhaqiqat, kichkintoy o`quvchilar maktabda ham shu alpozda e‘tiborsiz yuraveradilar. Ayniqsa, 
o`g`il bolalar to`polon qilib, yugurib yurganidan hali oyoq kiyimi, hali ko`ylak va shimlari pala-partish 
bo`lishi odatiy hol. Shu sababli tugmasi tushganda ham beparvoligi kelajakda bir salbiy nuqsonga turtki 
bo`lishi o`rinli ta‘kidlangan. Tugma qadashni, o`zini ozoda tutishni o`rganish ham aslida 
mehnatsevarlikning bir ko`rinishi. Chunki, o`quvchilarning dangasa yoxud loqaydlari na tuflisini 
tozalaydi, na shimini chang bo`lsa ham qoqmay yuraveradi, hatto shu darajadaki, ba‘zan, qo`l-betini 
yuvishga erinchoqlik qiladiganlar ham topiladi. Bularning barchasi albatta, mehnatni sevmaslik, yalqovlik 
belgilariki, hikoyada buva nabirtasiga o`rinli tanbeh bergan. Bu mavzuni o`tishda o`qituvchi voqeani, 
misollarni o`z sinfiga ko`chirsa, samarali maqsadga erishiladi. 
Muhimi, o`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida ham tarbiyalashga erishadi. Zotan, 1-sinf O`qish 
kitobidagi ―Maqtanchoq g`oz‖ (A.Avloniy), ―Ona yer‖(Ibrohim Rahim) lavhalarida ham ozgina mehnati 
bilan maqtanadigan g`ozning kamchiligi-yu, shunchalik og`ir narsalarni ustida ko`tarib yurishdan 
tashqari bizga meva, non beradigan Yerning kamtarinligi bolalarga ibratomuz hikoya qilingan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish