“Tanqidiy tafakkur”, “Nuqtayi nazaring bo‟lsin”, “Har kim har kimga o‟rgatadi” metodlari juda katta
samara beradi. Bu metodlarda 5-9-sinflar adabiyot darslaridan o‘quvchilarni fanga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘z o‘rnida mavzuga moslashtirib foydalanish mumkin.
―Miyaga hamla‖-sinfdagi har bir o‘quvchiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan
o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv usulidir. Usul mohiyati ―Bir kalla-yaxshi, yigirmatasi
undan a‘lo‖ g‘oyasi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol
tutadigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlay olishida bo‘lib, darvoqe, istestno tariqasida ta‘lim
oluvchilarni barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to‘g‘ri bo‘lmaganligi ham inobatga olinadi.
―Nuqtayi nazaring bo‘lsin‖-usuli o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular
munozara jarayonida o‘z fikrlarini sinfdoshlariga ularning nuqtayi naarini o‘zgartirishga ishontiradigan
g‘oyalalrni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini berish maqsadida qo‘llanadi.
―Har kim har kimga o‘rgatadi‖-o‘quvchilarga o‘rgatuvchiga aylanish , ma‘lum bilimlarni
o‘zlashtirgach, o‘rtoqlari bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish usuli. Bu usuldan foydalanish
jarayonida o‘quvchi axbarot olish va tarqatish bosqichlaridan biri sifatida izlashning muhim ekanligini
anglab yetadi, o‘z fikrini lo‘nda bayon etishni, axbarotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishni o‘rganadi.
Bu metodlar dars samaradorligini oshirishda xizmat qiladi. Bu metodlardan ayrimlarini misollar
asosida o‘rganadigan bo‘lsak:
157
―SAN‖ texnologiyasi- S-samarali, A-axloqiy, N-nazokatli demakdir. Bu texnologiya
o‘quvchilarning bilimini samarali sarflashga , axloqiy va nazokat bilan bilim egallashga undaydi. Bunda
o‘quvchining o‘z fikrini erkin ifodalash, aqliy tafakkurini kenggaytirish va keng doirada tafakkurlashga
imkon beradi. Eng muhimi o‘quvchining boshqa fanlardan qo‘lga kiritgan bilimlarini ham sinovdan
o‘tkazish mumkin. Ushbu texnologiya adabiyot fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini , uzviy bog‘liq
ekanligini ham namoyon qiladi. ―SAN‖ texnologiyasini ko‘pincha mavzuni mustahkamlashda qo‘llanilsa
katta samara beradi. O‘qituvchi badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilarni uch, to‘rt, besh yoki olti
guruhga ajratadi. Badiiy asar mavzusiga moslab guruhlarni nomlaydi. Guruhlarni nomlash o‘qituvchi
tomonidan yoki qura tashlash yo‘li bilan ham bo‘lishi mumkin. Guruhlar nomlariga moslab lirik asarlarni
tahlil qilishi mumkin.
Masalan , 9-sinfda Omon Matjon she‘rlarini o‘tishda metodlardan quyidagicha foydalanish
mumkin. She‘r ilhom mevasi. Shoir unda qalb kechinmalarini, tabiat tasvirini, sog‘inch tuyg‘ularini
jozibali so‘zlar orqali tasvir etadi. O‘quvchi shoirning ana shunday maqsadini anglab olish uchun she‘rni
diqqat bilan tahlil qilishi lozim. Dastlab o‘qituvchi tomonidan ―Vatan mehri‖ she‘ri ifodali, ravon qilib
o‘qib beriladi. So‘ngra uchta o‘quvchiga vaqtdan unumli foydalanish maqsadida she‘rning ikki bandidan
o‘qittiriladi. Shu o‘rinda ―Kimning nutqi ravon ‖ rag‘batlantirishlarini ham o‘tkazsa bo‘ladi. Sinf
o‘quvchilarini to‘rt guruhga bo‘lib, guruhlarga 1 quyidagicha nom beriladi. 1-guruh: ―Adabiyotchilar‖-
ushbu she‘rning turoqlanishi,vaznini, unda qo‘llangan badiiy san‘atlarni aniqlashadi.masalan, ―Vatan
mehri‖ she‘ri misralari 13 hijodan iborat bo‘lib, barmoq vaznida yozilgan. ―Gullar abad raqsda,
kapalaklar mast‖ misralarida shoir tashxis san‘adidan unumli foydalanilgan.
2-guruh: ‖Tarixchilar‖-she‘rda keltirilgan buyuk siymolar shaxsiga tavsif berishadi. Masalan,
she‘rda Al-Beruniy, Ulug‘bek, Termiziy, AL-Buxoriy, Al-Farg‘oniy kabi buyuk siymolarning nomlari
keltirilgan. O‘quvchilar ularning tarixda qoldirgan ulkan meroslari haqida fikr yuritishadi.
3-guruh: ―Geograflar‖- O‘zbekistonning mo‘tadil iqlim ekanligini, uning geografik joylashuvini
aytishadi. Bir o‘quvchi dunyoning siyosiy xaritasidan O‘zbekistonning geografik joylahsuvini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, g‘arbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga,
shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga cho‘zilgan. U g‘arbdan va shimoldan Qozog‘iston (chegara
uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirg‘iziston(chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston(chegara
uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afg‘oniston
(chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.
158
4-guruh: ‖Rassomlar‖-qolgan guruhlar she‘rni tahlil qilgunicha shoir mo‘jizali Vatanimizning
ko‘rkini so‘z bilan ifodalagan edi. O‘quvchilar shu tasvirni qalam bilan chizishadi.
Shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni o‘quvchilar tasavvur qilishadi. Sirli O‘zbekiston yetti iqlimni
o‘zining tabiati, san‘ati , allomalari orqali hozirgi kunga qadar maftun etib kelayotganligi uqtiriladi.
Bu metod o‘quvchilarning tafakkuri va tasavvurini, o‘zida bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qisqa vaqt
ichida bilim oluvchilarning nimalarga qodir ekanligini bilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |