antik tragediya faqat she’riy yo‘lda yozilar, yunon asotirlariga asoslanar
edi. Drama janri yunon adabiyotining antik davrida vujudga keldi.
Antik drama ochiq joyda namoyish etilar, tomoshabinlar o‘tirishi uchun
qo‘yilgan kursilar ketma-ket yarim doira shaklida terilar, o'rtada, sahna
oldidagi maydonchada xor turar va o ‘z qo‘shig‘i bilan kechayotgan
voqea-hodisalarga izoh berar edi. Tragediyada aktyorlarning monolog
va dialoglari xor qo‘shiqlari bilan almashib turar edi. Esxil, Sofokl,
Evripid kabi ijodkorlar tragediya rivojiga muhim hissa qo‘shdilar.
Esxilning «Eroniylar», «Fivaning yetti dushmani», «Zanjirband
Prom etey», «Oresteya» trilogiyasiga kiradigan «Agamemnon»,
«Xoeforlar» hamda «Evmenida» asarlari bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |