masalasi atrofida bahs-munozaralar vujudga kelganda Shekspir
qabridagi vasiyatnoma ham go‘yo bir dalil vazifasini o‘tadi. Gap
shundaki, XIX asrda Shekspiming asarlari boshqa birov tomonidan
yozilgan, degan fikr o ‘rtaga tashlanadi va hatto jiddiy ilmiy tadqiqotlar
uchun mavzuga aylanadi. Bunda oddiy, adabiyot va san’atdan yiroq
oiladan chiqqan, maxsus ta’lim ko‘rmagan aktyor shunday buyuk asarlar
yaratishi mumkinligi, buning ustiga, o ‘z davri fanlariga oid bilimlardan
bu qadar keng ma’lumotga ega bo‘lishi (masalan, tibbiyot to ‘g‘risida
shifokor, huquq to‘g‘risida huquqshunos, o‘simliklar to‘g‘risida botanik
sifatida fikrlashi) shubhaga olinadi. Bir turkum tadqiqotchilar Shekspir
asarlari yozuvchi va olimlar guruhi tomonidan yozilgan, degan fikmi
Do'stlaringiz bilan baham: |