talabiga bo‘ysundirilgan. Bu metod ijodkorning o'zini qurshab turgan
voqelik va insonlar to ‘g‘risida o'ylagan haq gapini aytish, kitobxon
ko‘z o'ngida real hayot va real insonlarni gavdalantirish yo'li bilan
voqelik va inson to ‘g ‘risidagi haqiqatni ko'rsatish imkonini beradi.
Realistik adabiyot buyuk namoyandalarining haqiqat kurashchilari
sifatidagi xizmatlari beqiyosdir.
Fanda realizmning ilk bor qachon paydo bo'lganligi to ‘g‘risida
aniq fikrga kelinmagan. Ko'plab tadqiqotchilar realizm ildizlarini juda
qadim zamonlardan izlaydilar. Ibtidoiy insonning qoyalarga chizgan
rasmlari va antik adabiyot namunalarida ham realistik unsurlami
kuzatadilar. Biroq realizmning badiiy tizim sifatida shakllanishi
Uyg'onish davri bilan bog‘lanadi. Aynan shu davrga kelib insonga,
Do'stlaringiz bilan baham: |