istagan tarix va adabiyotga oid asarlarai ishtiyoq bilan o ‘qir edi.
Litsey hayoti davomida uning ilk she’ri matbuot yuzini ko'rdi. Bu
«Shoir do'stimga» deb nomlanuvchi she’г 1814- yili Moskvadagi
«Вестник Европы» jumalida bosilib chiqadi litsey o'quvchilari orasida
uning epigrammalari ham mashhur edi. Aynan shu litseyda yosh
Pushkin iste’dodi chinakamiga tan olindi. Bu voqea shoir Deqavinning
Sarskoye selo litseyiga tashrifi bilan bog‘liqdir. Shoir o‘zining «Sarskoye
selo xotiralari» she’rini o'qiydi, Deijavin juda hayajonlanib ketadi va
uni bag'riga bosmoqchi bo'ladi. Lekin hayajonga va xijolatga to'lgan
Pushkin qochib berkinib oladi.
Pushkin 1817- yili litseyni tamomlab, Tashqi ishlar Kollegiyasiga
ishga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |