keyinchalik Pushkin «Boris Godunov» tarixiy tiagediyasida bu shaxsga
keng o'rin beradi Onasi tomonidan habash Ganniballar avlodiga borib
taqalgan shoir Rossiya tarixidagi buyuk hukmdor Petrning asrandi
o'g'li bo'lgan ushbu bobosining nomini faxr bilan esga oladi. Pushkin
bu bobosi haqida «Buyuk Petrning arabi» asarini yoza boshlagan,
lekin uni tugata olmagan. Buyuk Petr arabining kichik o'g'li Osip
Abramovich Gannibal Pushkinning onasi Nadejda Osipovnaning otasi
edi. Shoirning otasi Sergey Lvovich awal gvardiyachi Izmaylov polkida
xizmat qilgan, keyinchalik harbiy xizmatdan bo'shab Moskvaga ko'chib
kelgan bo'lib, zamonasining badavlat va boobro' kishilaridan edi.
Pushkin bolaligidan alohida e ’tibor va nazorat ostida turli guvemer,
Do'stlaringiz bilan baham: |