Faustga dunyoning u ilgari ko'rmagan tom onlarini, tatimagan
ne’matlarini ko‘rsatadi. Shu tariqa Faust Shayton ko'magida qaynoq
zamin hayotiga otiladi, qalbida yoshlik, muhabbat olovi gurkiraydi,
14 yoshli ma’suma Margaritani sevib qoladi. Biroq hissiyotga to‘la sof
muhabbat shayton qulqusi tufayli dahshatli yakun topadi, soddadil
Margaritaning fojiali taqdiriga sabab bo‘ladi. Faust sevgilisining azob-
uqubatlarini ko'rganda iblisni la’natlab uni qutqarish uchun otiladi,
uning qismatini o'zgartirolmagan bo‘lsa-da, qalbida yana insoniylik
uyg'onadi.
Faust Mefistofelga qarata, ya’ni qalbidagi Shaytonga qarata shunday
xitob qiladi:
«Og'zingni yum! Bu dahshatli so'yloq tishlaringni menga ko'rsatma!
Ey buyuk va poyonsiz ruh! Sen meni bir bor ko‘rding, qalbimga quloq
Do'stlaringiz bilan baham: |