undan ko'proq olish, nafsni qondirish uchun yashash kerak deb
hisoblaydi. U alohida odam emas, aslida u insonning ichida, doimo
uning qalbiga vasvasa solib, tuban, shaytoniy istaklami yuzaga
chiqarishga undaydi. Ko'rinadiki, Mefistofel an’anaviy yovuzlik timsoli.
Biroq bunday hukm chiqarishga shoshilmaslik kerak. Gyote yaratgan
Mefistofel murakkab obraz — u masxaraboz, lo'ttiboz, muttaham,
ayni paytda nihoyatda aqlli, uning mushohadalari o ‘tkir kinoyaga boy,
mo‘ljalga aniq tegadi, ular zamirida haqiqat bor, tabiatiga isyonkorlik,
jo‘shqinlik xos. Tangri bejiz unga Faustni topshirmaydt «Inson tabiati
uyquga moyil, Sen unga qutqu sol, turtib tur doim. Atrofida aylan,
qo‘zg‘ot erta-kech, har zamon bedor tut, orom berma hech». Mefistofel
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |