U tashqi tomondan Faustning tamom ziddi bo‘lsa-da, botinda uning
ruhida yashaydi, har ikki obrazning dunyoqarashi, e ’tiqodi biri
ikkinchisiga tamomila teskari bo‘lsa-da, aslida bir butunlikni tashkil
qiladi. Asarda inson bilan shayton o ‘rtasida tinimsiz kurash boradi.
Faust olam sirlarini bilishga, inson qudratini namoyish qilishga intiladi,
tabiat bilan birlashib ketishni orzu qiladi. Bundan ojiz qolganda o ‘lim
sharbatini ichgisi keladi. Shunday paytda Shayton unga ko‘makka
keladi, unga ko'ngil parvoziga, istaklariga qanot va’da qiladi. Inson
va Shayton o'zaro ittifoq tuzadilar. Mefistofel qalbi razolatga to ‘la,
unda tuban fikrlar hukmron, u odamzodning aqliga ishonmaydi, hayot
uningcha insonga bir bor beriladigan omonat tortiq, imkon qadar
Do'stlaringiz bilan baham: |