«Faust» asarida Gyote san’at to‘g‘risidagi ana shunday qarashlariga
asoslangan, shoir Faust timsolida o'zining inson va borliq haqidagi
qarashlarini bayon qiladi.
Tragediya qahramoni Faust - izlanuvchan, bilimga, haqiqatga
tashna shaxs, u yaratuvchi, o'zgartiruvchi, quruvchi kuch timsoli, u
o'zida aql, idrok, ehtirosni mujassamlashtirgan inson. Faust
xarakteridagi muhim jihat biqiqlik, cheklanganlikka qarshi norozilikdir.
Bu norozilik undagi inkor rahitarzida namoyon bo'ladi. «Men hargiz
yomonlik tilab — yaxshilik qiluvchi kuchning bir qismi, Men inkor
ruhiman, Inkor qilishni kasb qilib olganman... Xullas, siz yomonlik
deb atagan Kuch — men o'zim».
Bu tragediyadagi Mefistofelning so'zlari. Mefistofel iblis timsoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |