Muhokamada – maktabgacha ta'lim tizimi



Download 25,53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi25,53 Kb.
#79564


O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O'zbekiston yangiliklari



Muhokamada – maktabgacha ta'lim tizimi

Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta'lim

tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va

istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan videoselektor

majlisi bo'lib o'tmoqda.

Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi 20 yil

davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim

muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina

bog'chalarga qamrab olinganini ta'kidladi.

Bog'chalarda bolani ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, fizio-psixologik, jismoniy

va ijodiy rivojlantirish bo'yicha ta'lim dasturlari joriy etilmagan. Qisqa qilib aytganda,

bog'chalar ta'lim muassasasi vazifasini bajarish o'rniga ota-ona ishda bo'lgan vaqtda

bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgan.

Ayrim mutasaddilarining sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo'yicha belgilangan

ishlar vaqtida bajarilmayapti. Jumladan, har bir shahar va tumanda bittadan nodavlat

bolalar bog'chasini ochish borasidagi ko'rsatkichlar rejadan orqada qolgan. Joylardagi

bog'chalarda qurilish ishlari to'liq yakuniga yetkazilmagan.

Majlisda bolalar xavfsizligini ta'minlash uchun bog'chalar hududini o'rash, bog'chalarda

malakali tibbiy xizmatni tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.

Shunday kamchiliklarni inobatga olib davlatimiz rahbari qator takliflarni ilgari surdi.

Xususan, 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Dastur asosida bog'chalar qurish va

rekonstruksiya qilish ishlari davom ettiriladi. 2018 yilda davlat byudjetidan 427 bog'chada

qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 771 milliard so'm mablag' ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi turdagi

maktabgacha ta'lim muassasalar faol tashkil etiladi.

Bog'chalarda bolalarni sog'lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat

mahsulotlari sifatli bo'lishini ta'minlash uchun bir bolani ovqatlantirish uchun

ajratilayotgan mablag' miqdori oshiriladi, har bir maktabgacha ta'lim muassasasiga

fermer va tadbirkorlik sub'ektlarini biriktiriladi.

2018-yilda Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarini uslubiy

                               1 / 2



O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O'zbekiston yangiliklari

va didaktik o'yinlar, o'yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan

ta'minlash me'yorlarini ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimi oldiga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari

ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o'qish va

yozishni turli o'yinlar orqali o'rgatish, ularning zerikmasligi, bezor bo'lmasligi, aksincha,

bog'chaga xursand bo'lib boradigan bo'lishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu dasturlarda yuqori malakali tarbiyachi va murabbiy kadrlarni tayyorlash

va malakasini oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Maktabgacha ta'lim uchun

kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini tabiiy ehtiyojdan kelib chiqib

belgilanadi.

Majlisda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim sohasini takomillashtirish maqsadlariga

xorijiy investitsiyalar keng jalb qilinadi va tizimga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi

tubdan takomillashtiriladi.

president.uz

                               2 / 2



Download 25,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish