«sharq» nashriyot-matbaa



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/207
Sana29.12.2021
Hajmi2,76 Mb.
#79511
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
Bog'liq
9-o'zbek book

48 
 
 
 


 
14-§. TURKISTON O'LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING 
YER-SUV SIYOSATI
 
O'rta  Osiyo  iqtisodiyotida  qishloq  xojaligi  yetakchi 
o'rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hudud hisoblangan 
Turkiston  o'lkasida  yer-suvdan  foydalanishnl  to'liq  o'z 
nazoratiga  olish  va  ulardan  olinadigan  soliqlarning  vaqtida  to'planishidan 
manfaatdor  edi.  Jumladan,  yerga  egallk  qilish  va  undan  foydalanish  tartiblariga 
e'tibor qaratilgan. Agrar masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga  ham 
ega bo'lgan. Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho hukumatiga aholi 
ustidan  hukmronligini  ta'minlashda  juda  muhim  edi.  Mahalliy  aholining  asosiy 
tirikchilik manbayi yer bo'lgani bois unga egalik qilish zarur edi. 
1886-yildagi  «Nizom»ning  «Turkiston  o'lkasining  yer  tuzilishi»  degan 
bo'limida  o'lkada  tarixan  shakllanib  kelgan  an'anaviy  yerga  egalik  qilish 
munosabatlari  o'zgartirib  yuborildi.  Unga  ko'ra  Turkiston  yerlari,  o'rmonlari  va 
yerosti  qazilma  boyliklari  davlat  mulki  deb  e'lon  qilindi.  Bu  bilan  ular  Rossiya 
imperiyasi  mulkiga  aylandi.  Nizom  bo’yicha  o'lkada  yirik  yer  egaligi  ham 
tugatildi. 
Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa dimy muassasalarga tegishli yerlar) 
ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi 
vaqf  hujjatlarini  tasdiqlash  faqat  general-gubernator  roziligi  bilan  bu  yerlarni 
davlat  soliqlari  va  majburiyatlaridan  ozod  qilmasdan  amalga  oshirilgan.  Masjid 
tasarrufidan  tashqarida,  xususiy  shaxs  ixtiyorida  bo'lgan  yerlar  ham  davlat 
solig'iga  tortiladigan  bo'ldi.  Vaqf  hujjatlarini e'tirof  etish,  vaqf  daromadlarining 
to'g'ri  ishlatilishi  ustidan  nazorat  qilish  va  ularni  taftish  qilish  huquqi  viloyat 
ma'muriyati ixtiyoriga o'tkazildi. 
Bu  vaqtgacha  vaqf  mulkidan  olingan  daromadlar  maktablar,  madrasalar  va 
masjid  binolarini  ta'mirlashga,  xodimlarini  moddiy  ta'minlashga,  diniy 
marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) 
va boshqa tadbirlarga sarflanar edi. 
Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo'liga o'tishi 
bilan  masjidlar  va  maktablarning  moddiy  ahvoli  yomonlashdi.  Mustamlakachi 
hukumat bu bilan mahalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba 
berishga harakat qildi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish