Yakunlarni chiqaramiz!
1868-yil Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasining protektoratiga aylandi.
Zarafshon vohasi Rossiya hududiga qarashli Turkiston general-
gubernatorligiga qo'shib olindi.
Abdumalik to'ra, Jo'rabek va Bobobeklar rahbarligidagi xalq harakatlari.
Atamalar izohi
Protektorat (lotincha — homiy) — mustamlaka mamlakat qaramligining
bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo'lsa-da,
tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo'liga o'tadi.
To'ra — yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va
yaqinlariga beriladigan unvon.
Vassal — bir davlatning boshqa bir davlatga bo'ysunish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |