6. 2 Turizmga oid hujjatlar: turistik firmada uslubiy ta’minot,
asosiy turizm hujjatlarini aniqlash.
Turoperator tashkil qilgan turistik mahsulotning firmadagi uslubiy
ta’minlanishini ko‘zda tutadi. Uslubiy ta’minot deganda sayohatni,
uning amalga oshirilishi va sayyohlarga taqdim etiladigan
xizmatlarni batafsil tavsiyalaydigan maxsus texnologik hujjatlarni
tayyorlash tushuniladi. Bu – firma xodimlarining aniq va tezkor
faoliyati yuritishlari uchun, shuningdek, sayohat mazmuni, uning
amalga oshirilishi hamda takomillash ishlarini doimiy nazorat qilish
uchun zarurdir.
Sayohatlar texnologik hujjatlari tarkibi va mazmuni me’yoriy
hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Ular turizm
mahsulotini sertifikatlash jarayonida nazorat qilinadi. Texnologik
Do'stlaringiz bilan baham: |