Iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/86
Sana29.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#79408
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
Bog'liq
turizm asoslari

 
 
V BOB. TURISTIK FIRMANI OCHISH VA 
LITSENZIYA OLISH BOSQICHLARI 
 
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda litsenziya olish tartibi 

5.  2.  Yangi  tashkil  qilinadigan  turistik  korxonaning  xizmatlarini 
sertifikatlashtirish. 
 
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda 
litsenziya olish tartibi 
 
O‘zbekistonda  turizm  faoliyati  litsenziyalanadi  hamda  bu 
jarayonni  o‘tkazish  mexanizmi  tegishli  qonun  bilan  belgilangan. 
Turizm  biznesini  tashkil  etish  uchun  rasmiyatchilikning  o‘ziga  xos 


xususiyatlarini  bilish  zarur,  jumladan,  litsenziyalash  sohasini  va 
boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi. 
Qonunga  ko‘ra  litsenziya  berish  va  uni  bekor  qilish  yoki  uning 
faoliyatini to‘xtatib qo‘yish kabi harakatlar Vazirlar Mahkamasining 
Komissiyasi  tomonidan  qabul  qilingan  qaror  asosida  amalga 
oshiriladi, 
uning 
bu 
boradagi 
ishchi 
organi 
vazifasini 
«O‘zbekturizm»  MK  bajaradi.  Eng  asosiy  talab:  litsenziya 
tadqiqotchilari faqatgina yuridik shaxs bo‘lishi shart.  
Litsenziya  olish  uchun  Davlat  tomonidan  o‘rnatilgan  talablar 
mavjud bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
– «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunga, turizm sohasidagi O‘zbekiston 
Respublikasi  standartlari va  xalqaro  standartlarga  majburiy  ravishda 
rioya qilish; 
–  huquqiy  shaxs  shtatida  turizm  sohasida  maxsus  ta’lim  olgan 
yoki turizm sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan 
kamida  bitta  xodimning  bo‘lishi.  Shu  tarzda  turizm  korxonasi 
tegishli  bilim,  malaka,  ko‘nikmaga  ega  bo‘lgan  soha  mutaxassislari 
bilan aks ettirilishi zarur; 
– turizm sohasi yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy 
etishni  talab  qilganligi  sababli  sayohatlarni,  ekskursiyalarni  tashkil 
etish  va  ular  bilan  bog‘liq  xizmatlar  bilan  bevosita  band  bo‘lgan 
huquqiy  shaxs  xodimlari  har  3  yilda  kamida  1  marta  malakasini 
oshirishi zarur; 
–  shakillangan  nizom  jamg‘armasi  kamida  minimal  ish  haqining 


400 barobari miqdorida bo‘lishi kerak, chunki u tegishli moddiy va 
iqtisodiy zaxiraga ega bo‘lishi lozim; 
– mijozlar bilan ishlash va turistik mahsulotni ishlab chiqish mos 
ravishdagi  ishchanlik  muhitini  talab  etishi  sababli  xususiy  yoki 
ijaraga  olingan  xizmat  binosida  tegishli  jihozlar  mavjud  bo‘lishi 
kerak; 
–  taqdim  etiladigan  turizm  xizmatlariga  muvofiqlik  sertifikatlari 
mavjud bo‘lishi shart, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish 
va xavfsizlik talablari bilan bog‘liqdir; 
–  turizm  xizmatlari  faqatgina  mijoz  (turist)  bilan  turistik  firma 
o‘rtasida  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  talablariga  mos 
ravishda  shartnoma  tuzilgandan  keyingina  ko‘rsatiladi.  Boshqa 
holatlarda  shartnoma  huquqiy  kuchga  ega  bo‘lmaydi  va  sud  orqali 
bekor qilinishi mumkin; 
–  chet  el  davlatlariga  tashrif  buyurish,  chiqish,  kirishning  o‘ziga 
xos  xususiyatlari  to‘g‘risida,  turistik  tashrif  vaqtida  va  har  bir  aniq 
davlatga  tashrif  buyurishning  boshqa  qoidalarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar belgilangan tartibda 
har bir turistga yetkazilishi kerakh; 
–  mijozga  ish  tartibi  to‘g‘risida,  uning  huquqiy  manzili, 
litsenziyaning  mavjudligi,  ko‘rsatiladigan  xizmatlar  uchun 
sertifikatlarning mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlarini 
yuritish  uchun  javobgor  bo‘lgan  lavozimli  shaxslarning  familiyasi, 
ismi, sharifi haqida to‘la ma’lumot berish shrt; 


–  turistlar  xavfsizligini  ta’minlash,  jarohatlanganda,  betob 
bo‘lganda va boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam 
ko‘rsatish tizimi mavjud bo‘lishi lozim. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish