Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash Amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan asbob va idishlar: kartoshkani qaynatish uchun qozoncha, 2 l li
tog‘oracha, blender yoki kartoshkani ezish moslamasi, likop-
chalar, qoshiq, sanchqi.
Kerakli masalliqlar: 300 g kartoshka, 40 g sut, 10 g sa-
riyog‘.
Ishni bajarish tartibi: 1. Kartoshkaning po‘sti archilib,
yuvilib, bo‘laklarga bo‘linadi va tuzli suvda qaynatib pishi-
riladi.
2. Kartoshka pishganidan so‘ng, suvi to‘kilib, issiqligida
eziladi.
3. Ezilgan kartoshkaga sekin-asta qaynatilgan sut va sari-
yog‘ solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi. Bunday kartoshka
bo‘tqasini alohida taom sifatida ham, quyuq taomlarga garnir
sifatida ham berish mumkin.
115
4. Dasturxonga tortishda bo‘tqa likopchaga solinib, qoshiq
bilan «naqsh» qilib pardozlanadi va ustiga sariyog‘, oshko‘klar
sepiladi.