Используемая литература
1. Н.И. Гендина, Н.И. Колкова, Г.А. Стародубова, Ю.В. Уленко. Формирование
информационной культуры личности: теоретическое обоснование и моделирование
содержания учебной дисциплины / – М.: Межрегиональный центр библиотечного
сотрудничества, 2006. – 5-10 с.
2. Винарик, Л.С Учеб. пособие / Л.С. Винарик, Н.Ф. Васильева. – М.: Школьная б-ка,
2002. -89 с.
3. Паршукова,
Г.Б.
Информационно-библиотечная
среда
образовательного
пространства региона: Монография / ГПНТБ СО РАН. — Новосибирск, 2003. — 158-
163 с.
76
ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARINING AHAMIYATI
T. B.Djurayev (TATU, Axbopot texnologiyalar kafedrasi assistent)
Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2015
yil 22 maydagi 385-сон Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi.
Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot
texnologiyalariga bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning
faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining
kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin
axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni
oshiradi.
Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga
oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid
qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish
imkoniyatini
ta'minlaydi.
Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan
quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:
-xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
-savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan
ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
-ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p
sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;
-kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda
tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni
sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
-xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma
qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
-hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish
imkoniyati;
-elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini
yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi,
yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini
tеzlashtirishi kеrak bo’ladi.
Intеrnеt-banking. To’lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Intеrnеt banking funktsiyasini
bajaruvchi tizim, ya'ni Intеrnеt orqali bank opеratsiyani amalga oshirish hisoblanadi.
Intеrnеt-banking bankdagi hisob raqamni Intеrnеt orqali boshqarish imkoniyatini bеradigan
xizmat. Intеrnеt banking tizimida samarali ishlash uchun Intеrnеtga ulangan va Intеrnеt
brouzеrga
ega
kompyutеr
bo’lishi
еtarli
hisoblanadi.
Intеrnеt-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkon bеradi:
-bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
-istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko’chirmalar va ularga tеgishli boshqa
hujjatlarni olish;
-haqiqiy vaqt tartibida to’lov hujjatlari bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatish;
-xatolar to’g’risida xabarlarni tеzkor olish;
-kirim va chiqim to’lov hujjatlarini ko’rish va chop etish.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni rivojlan- tirish bilan
bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qan- cha muammolar ham
mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugun gi kunning muhim talablaridan biri
hisoblanadi.
Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashma- gani. Quyida
bir nechta misollar keltiramiz:
77
-internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan
miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga
tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
-viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan
solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-
sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-
up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga
olib keladi.
Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron
tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi. To’gri
oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum
bir hududlarda o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha
qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat
faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga
oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan
chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni
amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni
qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda
to’lovni
amalga
oshirish
mumkin.
Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati
keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa
yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha
banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va
operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning
rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir.
To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi
yetishmaydi. Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan
yo’nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:
-Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar
yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil
etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy
xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri malakali kadrlar
yetishmovchiligini, oldini oladi.
-Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat
sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-
auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.
-AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda
doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash.
-O’z-o’zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish
-Elektron tijorat tizimi bo’yicha ta’lim tizimini rivojlantirish
-Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’minlash. Nafaqat
viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi
elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.
-On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana
savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog’i
orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa
yo’nalishlari bo’yicha ham sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.
Elektron tijorat jamiyatni rivojlanirishidagi ahamiyati quyidagilarda nomoyon bo’ladi:
-Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi
78
-O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi
kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport
imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.
-Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi
sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga
o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab
chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi.
Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda
O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi.
O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li
tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda
o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |