«Sayohatdagi sarguzashtlar» o'yini
Didaktik topshiriq: O'quvchilarda matematika darslarida ijtimoiy- iqtisodiy bilimlarni
boyitib borish.
O'yin topshirig'i: Arifmetik ammalar bajarishga oid malaka va ko'nikmalarni
shakllantirish.
O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun qalin qog'ozdan yasalgan olma daraxti maketi, tandir,
maketi, karton qog'ozdan yasalgan olma, nonlar, echki bolasi maketi kerak bo'ladi.
O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Uchta opa-singil — Adolat, Risolat,
Sabohat dalaga sayrga chiqishibdi. Ular yo'l yurishibdi, yo'l yurishsa ham mo'l yurishibdi.
Yoida ketayotganda tandir maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi.
Nonlar: «Bizlarni uzib olinglar, kuyib ketyapmiz» deyishibdi.
Opa-singillar: «Hozir, hozir sizlarni uzib olamiz» deyishadi.
Opasi Adolat bittadan nonni uzib singillariga uzatadi. Singillar bu nonlarni yeyish
uchun nonlaming orqasiga yozilgan misollarning javobini topishimiz kerak deydi.
Misollar quyidagicha:
280 + 90 830-30
370 + 80 20 + 70
230-10
220-80
Singillari uning javobini topishga yordamlashadilar.
370, 450, 220, 800, 90, 140.
Singillarim misollarning javobini juda to'g'ri topdingiz. Oani «Non yopganda»
qo'shig'ini kuylaylik:
Non yopganda, non yopganda,
mening oyim, mening oyim.
Kichik kulcha, kichik kulcha,
yopar doim, yopar doim.
Kulcha juda mazali,
sedanali, jizzali.
Yegan sarim yegim kelar,
rahmat oyi degim kelar.
Ana qorin to'ydi, endi yana yo'lda davom etamiz, deydi Adolat. Ular yo'lda olma
daraxtiga duch kelishadi. Olma daraxti maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi.
Olmalar «Meni uzib olinglar, yetilib yerga to'kilib ketyapman» deydi.
«Hozir, hozir biz sizlarni uzib olamiz» deydi opa-singillar. Olma maketining orqasida
quyidagi tenglamalar yozilgan bo'ladi.
Ular sinfdagi o'quvchilarga qarab, keling misollarni birgalikda yechamiz, deyishadi.
Misollar quyidagicha yozilgan:
9 • x= 18 32 : x=4 40-x=10
x= 18 : 9 x=32 : 4 x=40—10
x=2 x=8 x=30
Barakalla, bahamjihatlik bilan misollarning javobini topdik, endi «Olma) kuylasak
bo'ladi:
Hoy olma, olma, olma, meni ovora qilma. Biroz egil bo'y cho'zay, olmalaringdan uzay.
Opa-singillar mazza qilib olmalardan baham ko'rishib, yo'lda davom etishibdi. Ular
yoida echki bolasining ovozini eshitib qoldilar. Echki bolasi «qutqaringlar» deydi. Echki
bolasining rasmi magnitli doskachaga yopishtirilgan bo'ladi. Echki bolasini qutqarish
uchun uning tuyoqlariga yozib qo'yilgan misollarning javobini topish kerak edi.
O'quvchilar bu misollarni har xil usul bilan yechishga yordam herib yuboradilar.
1 -usul: 870 - 450 = (800 - 400) + (70 - 50) = 400 + 20 = 420
2-usul: 870 - 450 = (870 - 400) - 50 = 470-50 = 420
Endi uloqchaga shunday nasihatimiz bor:
Izlab borar edi buloq,
ikki echki hamda uloq.
Ularda bor qancha quloq,
qancha tuyoq hamda oyoq.
O'quvchilarga o'yinnig tarbiyaviy mohiyati tushuntiriladi, ya'ni nonni e'zozlash,
mevalarni qadrlash kabi ma'naviy oziqa beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |