О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana29.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#79174
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs

6.Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni 

 

Fuqaroviylik va fuqaroviy  ongni o’rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda 

fuqaroviy  faollikni  o’rganishdan  iborat.  Zero  fuqarolik  jamiyati  nafaqat  fuqaroviylik  xususiyatlariga 

ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo’lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib 

chiqaruvchi  omillarni  o’rganish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Zero  ular  fuqarolik  jamiyatini  barpo 

etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.  

Fuqaroviy  faollikni  ijtimoiy-siyosiy  va  mehnat  faoliyatiga  ijodiy  yondashuv  sifatida  baholash 

mumkin.  Aynan  insonning  fuqaroviy  faolligi  shaxsning  to’laqonli  rivojlanishiga,  undagi 

imkoniyatlarning to’liq namoyon bo’lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozisiyasi hamda fuqaroviy 

 

faollikka  ega  bo’lish  jamiyatda  ro’y  berayotgan  barcha  voqea-hodisalarni,  ularning  oqibatlari  va 



mavjud muammolarning echimini chuqur anglashni taqozo etadi.  

Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu erda 

jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda tutilmoqda. 

Bu  partiyalarga  a’zolikni  nazarda  tutuvchi  siyosiy  faollik,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  faoliyatida 

ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarni anglatadi. Shu ma’noda jamiyat uchun 

foydali bo’lgan turli dasturlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi. 

Aslini olganda jamiyat a’zolarining asosiy ko’pchiligi jamiyatda mavjud qoidalar asosida faoliyat 

yuritgan  holda  ijtimoiy  faollik  ko’rsatishmaydi.  Bunday  passivlikning  jamoat  tartibini  saqlash  nuqtai 

nazaridan  qaysidir  darajada  ijobiy  jihatlari  ham  mavjud  bo’lsa-da,  fuqarolik  jamiyatini  qurishda 



 

53 


fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega ekanligini esda tutish lozim. Zero passiv fuqarolar hech 

qachon o’z huquqlari uchun kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik o’z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni 

o’zgartirishga  qodirlik  hissining  yaqqol  namoyon  bo’lishi  bilan  vujudga  keladi.  Ko’pgina  hollarda 

fuqaroviy  faollikning  boshlang’ich  nuqtasi  sosiologlarni  qiziqtirgan  masaladir.  Zero  aksariyat 

jamiyatlarda ijtimoiy o’zgarishlar davlat etakchiligida amalga oshiriladi va jamiyat a’zolari keyinchalik 

bu o’zgarishlarga moslashishadi. 

 Ko’pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir ko’rsatuvchi 

omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto yashash manzili 

ham bunga ta’sir ko’rsatadi.  

Ko’pincha  yoshlar  fuqaroviy  faollik  ko’rsatishni  istashsa-da,  siyosiy  sohada  bunday  faoliyat 

ko’rsata  olmaydilar.  Boshqacha  aytganda,  yoshlar  davlat  siyosati  murakkab  bo’lganligi  tufayli  o’z 

istaklarini siyosatchilar oldida to’g’ri shakllantirishga qodir bo’lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha 

yoshlardan  ancha  uzoq  bo’lganligi  tufayli  yoshlar  o’z  manfaatlarini  davlat  siyosati  bilan 

muvofiqlashtirishda  murakkabliklarga  duch  kelishlari  mumkin.  Shu  tufayli  ularning  ba’zilari  siyosiy 

partiyalarga a’zo bo’lishadi, aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo’yadilar. 

Biror-bir  sohadagi  muammolarni  bartaraf  etish  imkoniyati  nodavlat  notijorat  tashkilotlarida 

mavjud  bo’lganligi  tufayli  yoshlarning  aksariyati  shunday  tashkilotlarga  a’zo  bo’lib  kirishadi. 

Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, 

bilim  va  ko’nikma  talab  qilsa,  jamoat  birlashmalariga  a’zo  bo’lib  kirish  uchun  ish  tajriba  talab 

etilmaydi, balki faqat qiziqishning o’zi etarli bo’ladi. 

O’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, 

mavjud vaziyatni o’zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo’yicha o’z tashabbuslarini ilgari 

surish  zarurligini  anglab  etadilar.  Bu  esa  turli  ko’ngillilar  jamiyatlarining  tuzilishiga  sabab  bo’ladi. 

Insonda  boshqalarga  yordam  berish,  ayniqsa  muammoli  vaziyatga  tushgan  vatandoshlariga, 

qo’shnilariga ko’maklashish hissi mavjud. Aynan boshqalarga  yordam qo’lini cho’zgan kishi nafaqat 

muammoni  bartaraf  etishga  hissa  qo’shadi,  balki  u  o’zligini  ham  yanada  chuqurroq  anglay  boradi. 

Shuning uchun bo’lsa kerak, ko’ngillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga  aylangan. 

Bu  hodisa  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  muammolarni  hal  etishga  o’z  hissasini  qo’shishga  bel  bog’lagan 

kishilarni  umumbashariy  miqyosda  birlashtiradigan  jarayonga  aylangan.  Ko’ngillilik  turli  shakllarda 

amalga  oshirilishi,  jumladan  turli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  uchun  xayriya  faoliyatidan  boshlab 

qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida bo’lishi mumkin. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti    Sh.M.Mirziyoevning  2017  yil  27  martda  “Fuqarolik  

jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  institutining  faoliyatini  takomillashtirish  bo’yicha 

qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”  PQ-2851-sonli qaroriga  asoslanib  xozirgi  kunda  fuqarolik  

jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  institutining  faoliyatini  takomillashtirish    va 

tuzilmasini  optimallashtirish,  jamoatchilik  bilan  to’g’ridan-to’g’ri  muloqot  ko’lamini  yanada 

kengaytirish,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  faolligini  oshirish,  ularning  mamlakatni  demokratik 

yangilash  va  modernizasiya  qilish  bo’yicha  amalga  oshirilayotgan  islohotlardagi  roli  va  ahamiyatini 

kuchaytirdi.  Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  instituti  (bundan  keyin  — 

FJShMQMI) ta’sischilar Kengashining shtat birliklari umumiy soni 115 tadan iborat bo’lgan Fuqarolik 

jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  instituti  faoliyatining  asosiy  yo’nalishlari  xalq  bilan 

ochiq  muloqot  holatini  va  rivojlanishini  chuqur  o’rganish,  davlat  organlari  faoliyati  ochiqligining, 

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko’rib chiqilishining tizimli monitoringini yo’lga qo’yish, 

ushbu  sohadagi  ishlar  samaradorligini  oshirish  bo’yicha  takliflarni  ishlab  chiqish;  demokratik 

islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qilish, aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi 

omillarni  aniqlash,  ijtimoiy  tadqiqotlarni  tashkil  etish  va  o’tkazish;  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va 

fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarining  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  boshqa  masalalarni 

echishdagi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ishtiroki 

tahlilini amalga oshirish; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish, 



 

54 


ularning jamiyatdagi o’rni va rolini kuchaytirishga, mahalla institutini aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-

quvvatlash  markaziga  aylantirishga  qaratilgan  faoliyatini  takomillashtirish  bo’yicha  takliflarni  kiritish; 

yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  faoliyatini  tanqidiy 

o’rganish, yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, dam olishlarini 

tashkil  etish  va  bo’sh  vaqtlarini  mazmunli  o’tkazishga  oid  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  ahamiyatga 

molik  loyihalarni  monitoring  qilish;  raqobatdosh  ko’p  partiyali  tizimning  rivojlanish  darajasini 

o’rganish,  siyosiy  partiyalar  tomonidan  o’z  elektorati  manfaatlari  yo’lida  amalga  oshirilayotgan 

tadbirlarning  samaradorligini  oshirish  bo’yicha  takliflar  ishlab  chiqish;  rivojlangan  demokratik 

mamlakatlarning  davlatning  jamoatchilik  bilan  ochiq  muloqotini  tashkil  etish,  fuqarolik  jamiyati 

institutlari,  siyosiy  partiyalarni  rivojlantirish,  yoshlarga  oid  siyosatni  amalga  oshirish,  aholi  bilan 

muloqot  qilish  mexanizmlarini  yo’lga  qo’yish  va  fuqarolarning  dolzarb  muammolarini  hal  etish 

borasidagi tajribasini o’rganish, uni O’zbekiston Respublikasida tatbiq etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab 

chiqishidan iborat.  

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari o’z  faoliyatini  FJShMQMI  bilan  nodavlat  notijorat 

tashkilotlari faoliyatining mustaqilligi va ularning ishiga aralashmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda 

yaqin hamkorlikda olib boradi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari FJShMQMIga unga 

yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirishda  zarur  sharoitlarni,  shu  jumladan  so’ralgan  ma’lumotlarni  o’z 

vaqtida  taqdim  etish,  FJShMQMI  tomonidan  o’tkazilgan  tadbirlar  yakuni  bo’yicha  kiritilgan 

ma’lumotlar va tavsiyalarni ko’rib chiqish yo’li bilan yaratib beradi. 

 

 



 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish