О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/68
Sana29.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#79174
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs

davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan 

qirralarini belgilab berdi. 

Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov  ta’kidlaganidek,  “Faqatgina  biz  tanlagai  bosqichma-bosqich, 

tadrijiy  rivojlanish  yo’li  xalqimiz  ko’zlagan  ezgu  niyatlarga  erishishga,  zamonaviy  demokratik 

talablarga  javob  beradigan  davlat,  inson  manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  eng  oliy  qadriyat  bo’lgan, 

qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar”

1



Fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi  va  rivojlanishi  bo’yicha  qo’yidagi  xulosalar  chiqarish 



mumkin: 

-  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  uzoq  davom  etib  kelayotgan  murakkab  tarixiy 

jarayondir.Fuqarolik  jamiyatining  ba’zi  bir  unsurlari  qadimgi  Yunoniston  va  Rimda  namoyon  bo’lgan 

vaqtdanboshlab  Yangi  davrda  shakllanish  elementlari  va  xozirgi  kunda  bir  butun  tizim  sifatida  paydo 

bo’lishi. 

 -  fuqarolik  jamiyati  g’oyasi  insoniyatning  antik  davrdan  beri  davom  etib  kelayotgan  tafakkuri 

maxsulidir.  Avesto  manbalarida,  Qadimgi  yunon  faylasuflari  fikrlarida,  O’rta  asr  mutafakkirlarining 

qarashlarida, Uyg’onish va Reformasiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan 

umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’ra 

umumbashariydir.  Dunyoning  barcha  xalqlari  katta-kichikligidan  qat’iy  nazar  uning  rivojiga  turli  xil 

darajada  hissalarni  qo’shgan.Shu  nuqtai  nazardan  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  va  rivojlanishi 

to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir. 

 -  fuqarolik  jamiyatining  xususiyatlari,  belgilari,tamoyillari  har  qanday  ijtimoiy  tizimda  mavjud, 

biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin. 

 -  fuqarolik  jamiyatining  shakllanish  jarayonlari  xolati  ijtimoiy  hayotning  va  davlat  hokimiyati 

boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.  

 -  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  huquqiy  davlatchilikning  shakillanish  jarayoni  bilan 

takomillashib boradi. 

 -  har  bir  davlatda  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishi  va  shakillanishi  o’ziga  xos  mental 

xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi. 

- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va 

bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir. 

 

Demokratik  taraqqiyot  yo‘lidan  borayogan  har  bir  mamlakatda  demokratiyaning  reallikka 



aylanishi  uchun  mahlum  vaqt  zarur  bo‘ladi.  Ana  shu  oraliq  vaqt  “o‘tish  davri”  deb  ataladi.  Ammo  u 

mustaqil mavzu sifatida kam o‘rganilgan. Qolaversa, mazkur mavzuning mohiyatini ochib berishda turli 

ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham o‘tish 

davri  mavzusini  o‘rganish  bugungi  kunda  zaruriyatga  aylanmoqda.  O‘tish  davri  barcha  mustaqillikka 

erishgan davlatlarning Yuksak taraqqiyotiga erishish jarayonidagi o`ziga xos oraliq muhlat hisoblanadi. 

U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki, davlatlar vujudga kelishi bilanoq, birdaniga 

Yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki har bir davlat, eng avvalo shakllanadi va mahlum 

tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Ana Shubosqichma-bosqich o‘tish jarayoni juda 

                                                           

1

  Каримов  И.А.  Она  юртимиз  бахту  иқболи  ва  буюк  келажаги  йўлида  хизмат  қилиш  —  энг  олий  саодатдир.  -Т.: 



Ўзбекистон. 2015. -Б.126. 


 

16 


murakkab jarayon bo‘lib, bu bosqichlarni har bir mamlakat o`ziga xos tarzda bosib o‘tadi. “O‘tish davri 

iqtisodiyotini amal qilish jarayoni ikkita qonuniyatga bog‘liq: 1) takror ishlab chiqarish o‘zgarishlarga 

moyilligining  kamligi  (enersiyaviyligi);  2)yangi  shakllar  va  munosabatlarning  ko‘proq  intensiv 

rivojlanishi”

1

 

Hozirgi  kunda  160  dan  ortiq  mamlakat  demokratik  taraqqiyot  yo‘lidan  bormoqda.  Ammo  bu 



mamlakatlarda demokratik taraqqiyot jarayonlari turlicha bo‘lib, bu jarayonlar har bir mamlakat uchun 

o`ziga xos xususiyatga ega.  

O‘tish  davri  mamlakatlar  taraqqiyotining  bir  ijtimoiy  iqtisodiy  bosqichdan  ikkinchisiga  o‘tish 

umumiy  qonuniyati  bo‘lishi  bilan  birga  anaShubosqichlarga  o‘tish  jarayoni  xam  turlicha  namoyon 

bo‘ladi.  Ulardagi  asosiy  umumiylik  eskining  taraqqiyot  extityojlariga  javob  berolmaganligi  oqibatida, 

yangi  bosqichga o‘tish  zaruriyatini  keltirib chiqarish bilan bog‘liq. Shumahnoda o‘tish  davridagi  bosh 

yo‘nalish    «orqaga  qaytish»  emas,  balki  «oldinga»  Yurish,  pastdan  Yuqoriga  ko‘tarilish  yoki  oldingi 

darajaga qaraganda taraqkiy qilish tomon ko‘tarilish hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  yo`llari  umumiylik  va  o`ziga  xoslik.  O‘tish  davri  uchun  barcha 

mamlakatlarga xos umumiy qonuniyatlar ham mavjud. Ular: 

1. 

Siyosiy hokimiyatni o‘zgartirish; 



2. 

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish

3. 

Yangi tafakkur va turmush tarzini shakllantirish. 



Shuningdek,  o‘tish  davrining  boshlanishiga  asosiy  turtki  yoki  manba  bo‘lib  xizmat  qiladigan 

omillar ham mavjud. Ular: 

birinchidan, jamiyat miqyosida demokratik o‘zgarishlar uchun tahsirli xohish va irodaning mavjud 

bo‘lishi; 

ikkinchidan, jamiyat ahzolari asosiy ko‘pchiligining o‘zgarish-lar jarayoniga tayyorgarligi

uchinchidan,  jamiyat  ahzolarining  demokratik  o‘zgarishlar  zarurligi  masalasida  yakdilligi,  yahni 

demokratik konsolidatsiya darajasining ko‘tarilib borishi hamda demokratiyaga o‘tish davri vazifalari va 

muammolarini hal qilishga layoqatlilikning kuchayib borishi. 

Uning har bir davlat uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarining mavjudligi. Demokratik tamoyillar 

asosiga qurilgan jamiyatga o‘tish bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Birinchidan, ayrim 

mamlakatlarda demokratik jarayonlar kapitalizm tuzumining ichida shakllanadi va bu uning xalq uchun 

faravon hayotni tahminlash yo‘lidagi faoliyatida namoyon bo‘ldi. To‘g‘ri bu jarayon xam silliq amalga 

oshmaydi, o‘ta murakkab kechdi, juda katta talofatlarni o‘z boshidan kechirdi. Xuddi anaShumurakkab 

muammolarni  hal  qilishda  to‘g‘ri  yo‘lni  tanlashdagi  ya`ni  jamiyat  taraqqiyotini  xalq  manfaatlariga 

qaratilganligi  kapitalizmni  «xalq  kapitalizmi»gacha,  uning  faravonligi  to‘la  ma’nodagi  huquqlari  va 

erkinliklarini  ta’minlovchi  jamiyatga  aylanishiga  olib  keldi.  Ikkinchidan,  ayrim  mamlakatlarda  hali 

kapitalizm  to‘la  ma’nodagi  jamiyat  sifatida  o‘z  imkoniyatlarini  Yuzaga  chiqarib  ulgurmasdan  kuch 

ishlatish yo‘li bilan g‘ayri ilmiy, soxta «xalq  farovonligini ta’minlovchi» kommunistik jamiyatga o‘tish 

yo‘lidan borildi. 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish