Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik ko‟nikmalarni shakllantirishning



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik ko‟nikmalarni shakllantirishning 
ahamiyati. 
 B./ B. /B texnologiyasini qo‟llash qoidalari 
 
 
Mavzu savoli 
Bilaman 
Bildim 
Bilishni 
xohlayman  
1. 
 
 
 
 

 
 
 
 
3. 
 
 
 
 
4. 
 
 
 
 
5. 
 
 
 
 

 
 
 
 

 
 
 
 

 
 
 
 
 
Bolalarga old ko‘makchilarni qo‘llashni o‘rgatishga doir mashgulotlarda predmetlarning 
kenglikdagi  munosabatlarini  albatta  ko‘rsatish  shart.  Buning  uchun  kubiklar,  piramidalar, 
kitoblar  va  boshqa  narsalardan  foydalanish  mumkin.  Masalan,  uycha  qurilishini  ko‘rsatib 
beruvchi harakatlarni quyidagi so‘zlarni aytgan holda amalga oshirish zarur: «Kubikning ustiga 
kubik  qo‘yamiz,  devor  hosil  bo‘ldi.  Devor  ortida  stolcha  turibdi»  (bu  o‘rinda  devor  ortidagi 
narsa harakatini ko‘rsatish zarur). Stolcha atrofida quyoncha va ayiqcha o‘tirishibdi. Stol ustida 
piyolalar  bor,  stol  tagida  esa  taburetka  turibdi».  Stol  ustidagi  va  tagidagi  narsalar  holatini 
albatta  ko‘rsatish  zarur,  shundagina  bola  narsalarga  oid  so‘z  birikmalarini  oson  o‘zlashtirib 
oladi. 
Maxsus  grammatik  mashqlarni  suratlardan  foydalangan  holda  amalga  oshirish  lozim. 
Ularni  sinchiklab  ko‘rib  chiqqandan  va  savollarga  bir  so‘zli  javob  berilganidan  so‘ng  to‘liq 
bilvosita  qo‘shimchani  tuzish  va  aytib  ko‘rishga  o‘tish  darkor,  chunki,  ularga  fe‘lga  bog‘liq 
so‘zni rasmiylashtirish ancha qiyin kechadi. Masalan, Alisher Barno bilan koptok o‘ynayapti. 
Qizcha choynagi bilan gullarni sug‘ormokda. 
Bitta surat  syujeti  asosida savollar berish va bolaning unga javob qaytarishi  savol-javob 
tusidagi qiziqarli mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Masalan, «Bola qo‘lini yuvmoqda» surati 
asosida qator savollar berish mumkin:  
«Xurshid,  Timur,  Alisher  nima  qilishayapti?»,  «Alisher  nimani  yuvmoqda?»,  «Biz 
qo‘limizni nima bilan yuvamiz?», «Kimning qo‘li toza?» va x.k.  
Bola hayotining to‘rtinchi yilida unga bir tarkibli gaplar  tuzishni  o‘rgatish,  shuningdek  
uning    nutqiga  umumlashtiruvchi  tushunchalarni  kiritishga  katta  e‘tibor  beriladi. 
Mashg‘ulotlarda suratlar asosida, tayanch so‘zlar  yordamida, namoyish etilayotgan  harakatlar 
asosida, gapning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirish asosida gap tuzish kabi turli xil ishlarni 
amalga oshirish zarur. 
Bir tarkibli aniqlovchilar bilan gap tuzishga doir ishlarni bolalar bilan «Bu nima, toping-
chi?»  o‘yinini  uyushtirish  orqali  amalga  oshirish  mumkin.  Bola  ajralib  turuvchi  belgilariga 
qarab narsa nomini aytishi zarur, masalan: «dumaloq, sersuv, sariq, shirin, dumi bor, foydali» - 
sholg‘om. YOki: - «katta, dumalok, ko‘k, rezinali» - koptok. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Bir tarkibli kesimli gaplarni tuzish uchun  «Esla va ayt» o‘yinidan foydalanish mumkin. 
Tarbiyachi  bolaga  topshiriqni  hech  kim  eshitmaydigan  qilib  aytadi.  Bola  topshiriqni  izchil 
ravishda  bajara  boshlaydi,  bolalar  esa  u  nima  qilayotganini  aytib  beradilar:  «Abduazim 
qaychini oldi, qizil va ko‘k qog‘ozlardan bo‘laklar kesib olib, ularni Zuxra va Farruxga berdi». 
Nutqni  rivojlantirishga  doir  mashqlar  -  ya‘ni,  nutqiy  grammatik  modellarni 
mustahkamlashga  doir  mashqlar  boshqa  ishlar  bilan,  masalan  kitob  o‘qish  bilan  birgalikda 
bajarilishi  mumkin.  Kichik  asarlarni  o‘qish  o‘qilayotgan  matnga  mos  o‘yinlar  va  harakatlar 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Grammatik mashqlar o‘yin, sayr soatlarida, navbatchilik paytida bajarilishi lozim, shunda 
kichkintoylarning nutqiy maxoratlari yanada ortadi. 
Umuman      olganda,      bolaning      maktabgacha      ta‘lim  muassasasidagi  butun  faoliyati 
uning 
diqqat-e‘tibori, 
xotirasi,  fikrlash  doirasini  rivojlantirishga,  uning  nutqini 
takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. 
Besh-olti yoshli bolalarda grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish. Bu yoshga kelib bola 
quyidagi  asosiy  grammatik  shakllarni  o‘zlashtirib  olishi  mumkin  va  shart:  birlik  va  ko‘plik 
sondagi  otlarning  old  ko‘makchi-kelishik  shakli,  ko‘p  sonli  sifatlarni  kelishiklar,  sonlar 
bo‘yicha o‘zgartirish, fe‘l shakllari, ravishlarni to‘g‘ri  qo‘llash. Besh  yoshda bola o‘z nutqida 
garchi  ayrim  gap  turlari  uning  uchun  hali  ancha  qiyin  bo‘lsa  ham,  qo‘shma  gaplardan 
foydalanadi.  Old  ko‘makchilar  va  bog‘lovchilar  turli  xil  ma‘nolarda  qo‘llaniladi.  Ko‘proq 
umumlashtiruvchi  so‘zlar  qo‘llay  boshlanadi:  mebel,  ovqat,  idish-tovoqlar,  o‘yinchoqlar, 
transport. Umuman bolaning so‘z zahirasi ortib borgani sayin uning nutqi ravon va izchil bo‘lib 
boradi.  Besh  yoshli  bolalar  tuzayotgan  gaplarda  ular  o‘zlariga  yaxshi  tanish  bo‘lgan 
hodisalarning  (ertaga,  kechasi,  yakshanba  va  x.k.)  sabab-oqibatli      munosabatlarini 
ifodalaydilar. 
Dasturga  muvofiq  tarbiyachi  besh  yoshli  bolalarga  nutq  asosiy  qismlarining  grammatik 
shakllarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga doir ishlarni davom ettirishi lozim. 
Bolalarga  o‘z  nutqida  vaqtli,  maqsadli  va  sababli  sintaktik  munosabatlarni  (Qachon? 
Qaysi  maqsadda?  Qaysi  maqsad  uchun?  Nima  uchun?  Nega?  kabi  savollarga  javob  berish) 
ifodalashni  o‘rgatish  zarur.  Tarbiyachi  nutqqa  qator  old  qo‘shimchali  fe‘llarni  kiritadi,  ayni 
paytda  Nima  qilding?  Nimani  qilib  bo‘lding?  (chizdim-chizib  tugatdim,  yuvdim  -  yuvib 
bo‘ldim  va  x.k.)  savollariga  javob  beruvchi  fe‘llar;  savolga  qarab  asosi  o‘zgaradigan  fe‘llar 
(Nima qilayapman, Nimani qilib tutataman?: qurib tugataman - qurib tugatayapman, sakrayman 
-  sakrayapman);  kelgusi  oddiy  va  kelgusi  murakkab  zamonli,  -di  qo‘shimchali  va  usiz 
shakldagi  fe‘llar  («Men  o‘ynamoqchiman»  -  «Men  o‘ynayapman»,  «U  kiyinmoqchi»,  «U 
kiyinadi»);  baxoni  (yaxshi-yomon,  ifodali,  tez,  sekin,  past,  baland);  vaqtni  (bugun,  qishda, 
yozda va boshq.); joyni  (bu  yerda,  anavi  yerda,  shu  yerda, o‘ngda, chapda, balandda, pastda, 
anavi tomonga) belgilovchi eng ko‘p tarqalgan ravishlar; gapda so‘zlarni bog‘lash va gaplarni 
bog‘lash  uchun  foydalaniladigan  to‘qima  bog‘lovchilar  (va,  esa,  ammo,  biroq);  gaplarni 
bog‘lash  uchun  xizmat  qiladigan  bo‘ysundiruvchi  bog‘lovchilar  (uchun,  chunki,  agar, 
qachonki, zero) ustidan birlamchi kuzatishni amalga oshiradi. 
Hayotining  beshinchi-oltinchi  yilini  boshdan  kechirayotgan  bolalarda  grammatik 
ko‘nikmalarni  shakllantirish  maishiy  muloqot  jarayonida  va  ayni  paytda  predmetli 
mashg‘ulotlarda  maxsus  nutqiy  mashqlarni  o‘tkazishda,  suratlar  bilan  ishlashda  ro‘y  beradi. 
Mashg‘ulotlar  uchun  taklif  etilgan  didaktik  material  zamon  kategoriyalari,  sonlar,  shaxslar, 
fe‘llarni  o‘zlashtirishga,  nutqda  tugallangan  va  tugallanmagan  ko‘rinishdagi  fe‘llarni  amalda 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
qo‘llashga yordam berishi zarur. Bolalarni amalga oshirilayotgan va amalga oshirib bo‘lingan 
harakatlarni farqlashga o‘rgatish uchun ularga tanish vaziyat bilan bog‘liq holda aniq xususiyat 
baxsh etish lozim. 
Gap  tuzishda  «bugun»,  «xozir»,  «endi»  ravishlarini  xozirgi  zamon  fe‘li  bilan,  «kecha», 
«anchadan buyon», «yaqinda» ravishlarini o‘tgan zamon fe‘li bilan bog‘lash muhimdir. 
Maxsus  mashqlarda  bog‘langan  qo‘shma  gap  va  ergashgan  qo‘shma  gaplardan  iborat 
bo‘lgan qo‘shma gaplar tuzishga doir ishlar sezilarli ahamiyat kasb etishi darkor. Buning uchun 
savol-javob  shaklidan  foydalangan  ma‘qul.  Dastlab  bola  qo‘shma  gapning  faqat  ikkinchi 
qismini (aslida qo‘yilgan savolga javob ham shu) aytadi, keyinchalik esa undan qo‘shma gapni 
butunicha  aytishini  talab  qilish  zarur.  Ko‘pincha  bolalar  aynan  ergash  gaplarni  qo‘llashda 
xatoga yo‘l qo‘yadi. 
Qo‘shma  gaplarni  tuzishga  doir  mashg‘ulotlar  turlicha  o‘tkazilishi  mumkin:  suratlar 
bilan:  syujeti  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  ikki  surat  tanlab  olinadi:  uning  birida  o‘rin-ko‘rpasini 
yozayotgan qizcha, ikkinchisida esa - uxlayotgan qizcha tasvirlangan. Tarbiyachi rahbar ligida 
bola gap tuzadi: «Guli endigina joy solayapti, Lola bo‘lsa uxlab qoldi». 
Gap tuzish «Nima oldin, nima keyin?», «Hammasi teskari», «Xatosini top» kabi o‘yinlar 
bilan  bog‘liq  bo‘lishi  ham  mumkin.  Ushbu  o‘yinlarni  o‘tkazishda  bolalar  «va»  biriktiruvchi 
bog‘lovchisi va «yoki» ajratuvchi bog‘lovchisi yordamida g‘ap tuzadilar. 
Nima  uchun?  Nega?  savollariga  javob  beruvchi  gaplarga  alohida  e‘tibor  qaratish  lozim. 
Bunday  gaplarni  tuzish  uchun o‘yinchoqlardan,  suratlar turkumidan  foydalanish, syujetli-rolli 
o‘yinlarni  tashkil  qilish  mumkin.  Bu  borada  «Telefon»  o‘yini  katta  imkoniyatlar  yaratadi  - 
bolalar o‘zlarining «telefon» suhbatlarini hikoya qilishda qo‘shma gap tuzishlari shart: «Barno 
unga qo‘g‘irchoqni keltirishimni iltimos qildi», 
Qo‘shma  gaplarni  tuzishga  doir  ishlar  sayrda,  tabiat  bilan  tanishuvda,  rasm  chizish,  musiqa 
mashg‘ulotlarida  davom  ettirilishi  lozim.  Orttirilgan  nutqiy  ko‘nikmalar  sahnalashtirish,  didaktik  va 
harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda mustahkamlanadi. 
Hayotning  yettinchi  yilini  boshdan  kechirayotgan  bolalarda  grammatik  ko‘nikmalarni 
shakllantirish.  yetti  yoshga  kelib,  bola  odatda,  nutqning  barcha  grammatik  shakllarini,  ya‘ni: 
otlarni  turlash,  eng  keng  qo‘llaniladigan  fe‘llarni  tuslashni  egallashi  lozim.  Harakat  belgisini 
(kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun 
bolalar  ularni  so‘z  birikmasi  va  gap  qatorida  qo‘llaydilar:  tez  yurdi,  sekin  gapirdi,  chapga 
burildi va boshq. 
Etti  yoshli  bolalar  nutqida  old  ko‘makchilar  ko‘pincha  nafaqat  o‘z  ma‘nosida,  balki 
noaniq tarzda ham qo‘llaniladi. SHunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik 
ma‘nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan 
uzoqlashdi);  so‘ngra  besh-olti  yoshli  bolalar  ushbu  old  ko‘makchini  ob‘ektiv  ma‘no 
ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, 
yetti-sakkiz  yoshlarga  kelib,  bola  sabab  ma‘nosini    ifodalash    uchun    «dan»    old  
ko‘makchisidan foydalanishi  mumkin  (qo‘rqqanidan  qichqirib  yubordi, og‘riqning‘ zo‘ridan 
yig‘lab yubordi). 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish