Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun
muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini
bajara boshlaydi; yangi so‗zlar va so‗z shakllarini o‗zlashtira borib, tevarak-atrof
haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‗rtasidagi o ‗zaro bog'liqlik haqidagi
tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan
birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‗z—bu mumkin, mumkin emas hamda
buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi.
— Mumkin emas! Qo‘ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap,
qo‘lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‗xtatadi. Yoki kitobni
yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‗lidan kitobni olayotgan onaning qat‘iy
ravishda:—Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan― deb
aytadi,— dcgan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi.
Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo‘lib, undagi
harakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bolib hisoblanadi. Shuni
ta'kidlab o‗tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib
turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali,
ya‘ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til
vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo‘lgan jarayondir.
Shuning uchun hamfikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas.
Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida
namoyon bo'ladi.
4. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar
bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya beristida
eng asosiy vazifalardan biri bolaJarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish,
nutqiy munosabatga. muomalaga o‘rgatishdir. Nutq o‗stirish uslubiyoti pedagogik
fan bo‗lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga
qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq o‗stirish uslubiyoti fanining
asosiy vazifasi— nutq o‗stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bog‗ch alari
tarbiyachilarini ular bilan ta‘minlashdan iboratdir.
Tarbiyachilar esa o‗zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy
nutqiy malaka va ko‗nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar.
Nutq
o‘stirish
uslubiyotining maqsadi bolalarning og‗zaki nutqini
rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo‘lish malakasini
shakllantirishdan iborat.
Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyotíar kabi quyidagi savollarga
javob beradi:
1) nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak);
2) qanday o‘rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit. qaysi
usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak);
3) nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif
etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan).
Do'stlaringiz bilan baham: