Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
4-ish turi:
Maqsad: Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, yaxshi diksiyani mashq qilish, «s»
tovushini iboralarda bir nafasda aytilishini mustahkamlash, intonatsion ifodalilik bilan oxisa
sur‘atda so‘zlash qobiliyatini tarbiyalash.
«Pochtalon»
Mazmuni: Pochtalon bolalarga syujetli suratlarni tarqatadi. Har bir bola suratni olgach, uni
boshqa bolalarga ko‘rsatadi va unda nimalar chizilganligini aytadi. Masalan, mana bunday suratlar
turkumi foydalaniladi: bog‘da skameyka turibdi, samolyot o‘rmon ustidan juda balandda uchib
o‘tmokda, it sho‘rva ichmoqda va x.k.
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning aniq, baland va bir nafasda iboralar aytishlarini
nazorat qiling.
5 yoshdan 7 yoshgacha.
1-ish turi.
«V-f» tovushlari.
Maqsad: «v» va «f» tovushlarini farqlash, ularning to‘g‘ri talaffuz qilinishiga erishish.
Og‘izdan
davomli nafas olish, ovozni ixtiyoriy ishga sola olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
«YOzmi yoki qishmi?»
Mazmuni. Tarbiyachi: «YOzda quyosh nur sochadi, mayin va iliq shamol esadi. U
shunday esadi: fff...Qishda sovuq bo‘lib, kuchli shamol esadi, u shunday ovoz chiqaradi:
vvv...». Tarbiyachi dastlab bolalarga mayin shamol qanday esishini, so‘ngra esa, kuchli shamol
qanday esishini ko‘rsatib berishni taklif qiladi.
So‘ngra tarbiyachi «f» tovushini, keyin - «v» tovushini davomli talaffuz qiladi, bolalar
esa qaysi
fasl ekanligini, ya‘ni qishmi yoki yozligini aniqlashlari lozim.
Metodik ko’rsatmalar. Bolalar «f» va «v» tovushlarini bir nafasda to‘g‘ri va davomli
talaffuz qilishlarini nazorat qiling. «F» va «v» tovushlarini talaffuz qilishda pastki lab yuqori
qatordagi tishlar bilan birga darcha hosil qilishi va undan havo chiqishini, ayni paytda «f»ni
talaffuz qilishda havo sekin chiqishi, «v» tovushini aytishda esa kuchli bosim ostida chiqishini
ko‘rsating.
2-ish turi.
Maqsad. So‘zlarda «f» va «v» tovushlarining farqlanishiga, ushbu tovushlar
qatnashadigan so‘zlarning aniq talaffuz qilinishiga erishish. Fonematik tinglash qobiliyatini
rivojlantirish.
«Koptokni uzat».
Mazmuni. Bolalar doira hosil qiladilar. Koptok tarbiyachida turibdi. Bolalarga koptokni
bir-biriga uzatishda «v» yoki «f» tovushini aytish vazifasi qo‘yiladi. Koptokni olayotgan bola
esa ushbu tovushlardan biri ishtirok etadigan so‘zni aytishi zarur.
Metodik ko’rsatmalar. O‘yinlarni o‘tkazishda bolalarga zarur so‘zlarni esga olishlari uchun
vaqt berish zarur.
3-ish turi.
Mašsad. Bolalarga iborali nutqda «v» va «f» tovushlarini aralashtirib yubormasdan,
to‘¾ri talaffuz qilishni o‘rgatish.
«Kimga nimani berish kerak?»
Mazmuni. Tarbiyachi bolalarga o‘¾il bolalar va qizlarning «f» yoki «v» tovushi ishtirok
etadigan ismlarini aytishni taklif qiladi. So‘ngra u deydi: «Valida va Farrux xonani
yi¾ishtirmoqdalar. Valida nomida «v» tovushi ishtirok etadigan narsalarni yi¾ishtiradi, Farru³
esa nomida «f» tovushi qatnashadigan narsalarni yi¾ishtiradi». Tarbiyachi bolalarga «v» yoki
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
«f» tovushli narsalar tasvirlangan suratlarni tarqatadi (vaza, kofta, fartuk, samovar va x.k.). ²ar
bir bola narsaning nomini aytadi va uni kim olishi lozimligini aytadi. Masalan: «Mening
suratimda kofta tasvirlangan. Koftani Farrux oladi».
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning «v» va «f» tovushli suratlarni to‘g‘ri tanlashlarini
hamda so‘zlarni aniq va baland ovozda aytishlarini nazorat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: