O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarish



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

244-modda. Majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(244-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Etarli asoslar mavjud bo‘lganida sud qarzdorga majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni
bo‘lib-bo‘lib bajarish imkonini berishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
245-modda. Pul majburiyatlarining valyutasi
Pul majburiyatida u so‘mlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summaga ekvivalent bo‘lgan
summada yoki shartli pul birliklari bilan (ekyu, “maxsus qarz olish huquqlari” va boshqalar) to‘lanishi
lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan summa
tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha belgilanadi,
basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonunchilikda yoki taraflarning
kelishuvida belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga
qonunchilikda belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l qo‘yiladi.
(245-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
246-modda. Majburiyatni bajarish joyi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa
va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo‘yiladigan
boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
(246-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1) ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha — mol-mulk turgan joyda;
2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari
bo‘yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga majburiyatlari
bo‘yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida
bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa;
4) pul majburiyati bo‘yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda,
agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan erida, agar
kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini yoki joylashgan erini o‘zgartirgan bo‘lsa
va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo‘lsa — ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma
xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan erida;
5) boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik
shaxs bo‘lsa, uning joylashgan erida.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish