O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

98-modda. Xizmat va tijorat siri
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik qonunchiligi xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotni, basharti bu axborot uchinchi
shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan
undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini
saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadi.
(98-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar
Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si,
shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi,
mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga
muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan
boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va
boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu
jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
100-modda. Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish
Fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar
yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini
isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxslarning talabiga ko‘ra fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini uning vafotidan
keyin ham himoya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Basharti, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi
ma’lumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy-axborot
vositalarida raddiya berilishi lozim.
Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat
almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda u ayni o‘sha ommaviy axborot vositalari
orqali chiqib, o‘zini himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda belgilangan
miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to‘lash qoidabuzarni sudning
hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
(100-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar
tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida
yetkazilgan zararlar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi qoidasi yuridik
shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tatbiq etiladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish