Mavzu:
•
“kommunikatsiya” tushunchasiga
ilmiy yondashuv
Reja:
1. “kommunikatsiya” tushunchasidan
2.
Muloqotning kommunikativ jihatida
•
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs
bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini
muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham
o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek,
“shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek
ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon
bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson
emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib
beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida
chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va
undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro
ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin
etilgan.
Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur
ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz:
•
«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va
uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish
imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».
•
«Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish,
uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish
jarayoni».
•
«Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat
faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning
o‘ziga xos shakli».
•
«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar
natijasida axborot olish».
•
kommunikativ jarayon uchun kamida ikki
tomonning ishtiroki zarur;
•
kommunikatsiya doimo teskari aloqa
tamoyiliga tayanadi;
•
kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz
amalga oshirilmaydi.
•
Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya
nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya»,
«axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi
o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega.
M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan
kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy
natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan
tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot
jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler,
G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik
yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya
vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy
rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi.
•
Kommunikativ jarayonning turli modellari
mavjud. Misol uchun, Aristotel
kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq –
nutq – auditoriya) komponentini ajratgan
bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator
– xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |