dan tasdiqlanadi hamda har o ‘quv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi. Bi
tiruv malakaviy ishlari mavzulari kafedra professor-o‘qituvchilari tomo-
nidan har o ‘quv yili shakllantiriladi va talabalarga bitiruv malakaviy ish-
larning mavzularini tanlash huquqi beriladi.
Mavzularni olimpiya zaxiralari kollejlari, bolalar va o ‘smirlar sport
maktablari, umumiy o ‘rta ta ’lim muassasalari va maktabgacha bo‘lgan
tarbiya muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar zaruriy asos-
lar bilan tadqiqot ishlari mavzularini taklif etishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarini talabaga biriktirish mu-
taxassislik kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha
OTM rektorining buyru-
g‘i bilan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ish rahbari, ishning mavzusiga muvofiq talabaga
bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to ‘plash va ishni tayyor
lash bo‘yicha (tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishda) talabaga vazifa-
larni beradi va yaqindan yordamlashadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy ish mavzusi tadqiqot-
chining keyingi maqsadli faoliyati uchun istiqbolli bo‘lishi, ilmiy tadqi-
qotlarga qo‘yiladigan umumiy talablarga to ‘la javob berishi shart. Masa-
lan, “Maktab o ‘quvchilari jismoniy tarbiyasi”
mavzusi referat yoki kurs
ishi uchun bo ‘lishi mumkin, lekin uning nomida muammo yo‘q. Shu-
ning uchun qandaydir aniq bir jihatni olgan ma’qul masalan, “Maktab
o ‘quvchilarini kuch qobiliyatlarini rivojlantirsh”. Bunda muammo yaq-
qol ko‘rinib turibdi, jumladan, maktab o ‘quvchilarini jismoniy tarbiya
darslari jarayonlarida jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni qanday
amalga oshirish kerakligi ifodalanadi.
Ilmiy ish uchun undan ham aniqroq
mavzuni tanlagan maqsadga
muvofiqdir masalan, “5 - 6-sinf maktab o'quvchilarining jismoniy tarbi
ya darslarida tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyati”. Aniq-
langan mavzuga muvofiq ravishda aniq ravshan maqsad va vazifalar
shakllantiriladi.
Ilmiy tadqiqot mavzusining istiqbolli ekanligini belgilaydigan yana
asosiy mezonlar quyidagilardan iborat:
a) uning dolzarbligi, ya’ni jismoniy tarbiya
va sportning muayyan
sohasidagi nazariy hamda amaliy ahamiyati;
b) olinadigan m a’lumotlar, tadqiqot usuli va yo‘nalishining yangi-
ligi;
d)
murabbiylik va pedagoglik amaliyotining eng muhim ehtiyojlari
bilan bevosita aloqadorligi;
e) sport fanining mazkur sohasiga oid muayyan ilmiy masalani hal
etish maqsadiga yo ‘naltirilganlik;
f) mavjud sharoitda qo ‘yilgan ilmiy vazifalarni bajarish mumkinli-
gi (rahbarlik qiluvchi va bajaruvchi
xodimlaming yetarliligi, xodimlar-
ning tayyorlanganlik darajasi, zarur moddiy-texnika bazasining mavjud-
Hgi).
Ilmiy tadqiqotning istiqbolli yo‘nalishini to ‘g‘ri belgilash va uning
aniq mavzusini tanlab olishda ilmiy-texnik
axborotlar katta ahamiyatga
ega. Ular har qanday turdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Har bir tadqiqotchi ishni tanlangan mavzuga doir
o'zigacha qo‘lga kiritilgan m a’lumotlarni to ‘plash va o ‘rganishdan bosh-
laydi, izlanishlarni o ‘zi erishgan natijalar to ‘g ‘risidagi u yoki bu m a’lu-
motlar bilan tugallaydi.
Ilmiy tadqiqot mavzusining istiqbolliligi mezonlarini aniqlash
uchun tadqiqotchi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan ish-
ning dastlabki tahlilini amalga oshirish kerak:
- mavzuning o ‘rganilganlik darajasini aniqlash;
- tadqiqotda q o ‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullami
belgilash;
- tadqiqotning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: