Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti va tarkibiy qismlari
sxemasi:
Buysunuvchilar,
hodimlar
imijini (obrazini) shakllantirish
Boshqaruv maqsadlari
va funktsiyalari.
Boshqaruv psixologiyasi fani
Birinchidan, boshqaruvlik mahorati va yetakchilik yuksak kasbiy kamolot,
murabbiylik va pedagogik talant, innovatorlik, notiqlik qobiliyati, san’ati va
muomala ko’nikmalari hamda maromini o’zlashtirish orqali uzluksiz jarayondagi
munosabatlar majmuasini egallaydi.
Ikkinchidan, hozirgi zamon boshqaruv asosini tashkil etuvchi “inson
munosabatlarining doktrinasi” iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi qiyinchiliklarni,
ijtimoiy psixologik muammolarni yechish, bartaraf etishni ishbilarmonlik ruhidagi
yondashuv yordamida amalga oshiradi yoki ularning oldini oladi.
Uchinchidan, u sub’ektning faoliyati, jamoaviy munosabatidan kelib chiqqan
holda boshqaruvning asosiy jarayonlarining tabaqalarini tadqiq etish usullari,
qonuniyatlari va mexanizmlarini tadqiq etadi, o’rganadi.
To’rtinchidan, u har qanday, ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
munosabatlar sharoitida oqilona, odilona, omilkorlik bilan maqbul qarorni qabul
qilish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish haqidagi nazariy va amaliy bilimlar
majmuasidan iboratdir.
Boshqacha so’z bilan qisqa va sodda qilib aytganda, Boshqaruv psixologiyasi
fani - ob’ekt-sub’ekt munosabatlarining barcha jihatlarini boshqarishni egallash,
shuningdek, samarali faoliyat negizidagi nazariy va amaliy bilimlarni majmuasini
o’rganishdan iboratdir.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan holatlardan kelib chiqqan holda, bu fanning
tarkibiy qismlari quyidagilardan tashkil topgan:
1) boshqaruv nazariyasi va amaliyoti ierarxiyasi;
2) boshqarish ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi
munosabatlar xususiyatlari va ularni boshqarish uslublari
tavsifi;
Boshqaruv
psixologiyasi
fanini
o’rganish
ob’ektlari
Muassasalar tashkiliy faoli-
yatining psixologik jihatlari,
jabhalari
Menejer yoki rahbar
o’rnini va rolini
baholash
Ijroni nazorat qilish-ning
psixologik usullari
Tashkilot boshqaruvi bo’yicha
qarorlarni qabul qilish modellari
va uslublari
Boshqaruv faoliyatini
rejalashtirish va uni
muvofiqlashtirish
Tashkilot faoliyatining
samarador-ligini optimallashtirish
Boshqaruvni
optimallashtirish
3) boshqaruv tamoyillari va usullarining ijtimoiy
psixologik asoslari;
4) tashkiliy faoliyatlarning jihatlari va tuzilishi;
5) boshqaruv tizimida menejerning, ya’ni rahbarning o’rni,
roli va funktsiyasi;
6) boshqaruv ob’ekti va sub’ekti tizimning tobe kishilar,
xodimlari va ularni boshqarishning o’ziga xosligi;
7) tashkilot, muassasa boshqaruvi bo’yicha qaror qabul
qilishning modellari va uni usullari tavsifi;
8) topshiriqlar ijrosini (bajarilishini) nazorat qilishning
psixologik usullari;
9) boshqaruvni samarali tashkil etishning ijtimoiy
psixologik asoslari;
10) boshqaruvning o’zini-o’zi tashkillashtirishning qaror
toptirish mexanizmlari talqini.
Do'stlaringiz bilan baham: |