Yҳ – Yп
------------- 100 = - β [ u -u
]
Yп
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e'tibor
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi
davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya'ni
dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan
foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi
sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi.
Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy
ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni
tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta'minlanishi kerak.
4. COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiyoti va
ishsizlik darajasiga ta'siri
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu
jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini
to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.
Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste'mol
hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo
aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari
narxining pasayishi va kon'yunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga
ham mazkur omillar ta'sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy
ta'sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab
qiladi. Bunda turizm, transport, farmasevtika va to‘qimachilik sanoati kabi
respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va
ularning barqarorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-
xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining
uzluksiz ishlashini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini
samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib
ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga
qarshi kurashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Inqirozga qarshi kurashish
jamg‘armasi) tashkil etildi.
Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha
quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:
davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi
kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya
vositalari va test tizimlari bilan ta'minlash;
xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan
shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan
tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya
xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha
mablag‘lar ajratish;
yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha
tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta'mirlash,
rekonstruksiya qilish va jihozlash;
b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash:
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan
birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib
olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik
hamda kompensasiya taqdim etishni kengaytirish;
respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga
qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng
avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikasiyalarini qurish;
v) aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan
quyidagilar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish:
kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni
kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan O‘zbekiston kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga jamoat ishlarini kengaytirish;
«Ishga marhamat» monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini
tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni
tashkillashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash;
g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini
ta'minlash:
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni
so‘ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz
byudjet ssudalari ajratish yo‘li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlari transport
xarajatlarining bir qismini kompensasiya qilish;
koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta'siriga eng ko‘p uchraydigan
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan
hollarda tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini taqdim
etish;
uch yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz byudjet ssudalarini ajratish orqali soliq
to‘lash muddatlari bo‘yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik
faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarida olinmay qolinadigan
daromadlar o‘rnini to‘ldirish.
2. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat byudjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni
maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish
jamg‘armasini moliyalashtirishni ta'minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni
qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va
boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz
mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport
qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rmoqda;
ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma'murchiligini takomillashtirish orqali
ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini
ta'minlash, «yashirin» iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona
ma'murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar belgilandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan
birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash, jumladan
kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikasiyalarini o‘tkazish uchun
imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo‘lgan infratuzilma loyihalarini
amalga oshirishga mablag‘larni qayta yo‘naltirgan holda Investisiya dasturini qayta
ko‘rib chiqish;
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni
va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni
oshirish;
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yilda jalb
qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko‘rib chiqish;
qo‘shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq
takliflarni kiritgan holda qat'iy byudjet intizomi.
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar
davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni
tezkorlik bilan hal qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari
boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy
shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etdi.
Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va
tadbirkorlik sub'ektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish
maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e'tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik
va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib
o‘tildi.
a) 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogol'
mahsulotlarining
ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi
korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol' mahsulotlarini chakana sotish
huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;
b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona)
yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;
v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar
bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda
o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
g) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi
deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi;
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati
2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldan
jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan
daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat
hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish,
shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish
vakolati berildi.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga
bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat'iy belgilangan summalarini 30
foizga kamaytirish tavsiya qilindi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash
bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi(bo‘lib-bo‘lib to‘lash). Bunda,
ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq
to‘lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya
vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni
talab qilmagan holda taqdim etiladi.
8. Belgilab qo‘yilsinki, 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi;
soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik
yurituvchi sub'ektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi,
shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda dasturiy mahsulotlar
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo‘li bilan soliq
hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda «Soliq xizmati» DUK orqali soliq
to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;
soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan
soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko‘rsatishni
kengaytirish choralari ko‘rildi.
10. 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini soliq
auditidan o‘tkazish to‘xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish
munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno.
11. Tadbirkorlik sub'ektlariga:
hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10
foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda,
kafolatlangan to‘lovni ta'minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;
2020 yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan
debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xom ashyo
tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga
ruxsat berildi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zstandart»
agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
bilan birgalikda:
yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning
uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan
tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta'minlash bo‘yicha tezkor shtab
tashkil etildi;
2020 yil 1 apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining
tezkor tartibda, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi
hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi
joriy etildi.
14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari
bo‘yicha respublika komissiyasiga 2020 yil 1 oktyabrga qadar eksport
qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensasiya qilish uchun
Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan
subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berildi.
Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qo‘llab-
quvvatlashning ta'sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha
mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini
o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilish ta'minlandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi
kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika
hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashni nazarda
tutuvchi 2020 yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxati shakllantirildi:
kichik sanoat zonalari infratuzilma ob'ektlari uchun — 400 mlrd so‘m
miqdorida;
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi
yo‘llarni joriy ta'mirlash uchun — 1 trln so‘m;
suv ta'minoti va kanalizasiya ob'ektlari uchun — 500 mlrd so‘m;
irrigasiya va melioratsiya ob'ektlari uchun — 400 mlrd so‘m;
sog‘liqni saqlash ob'ektlari uchun — 500 mlrd so‘m;
umumta'lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa ob'ektlari uchun — 800
mlrd so‘m;
iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini
oshirishni ta'minlovchi boshqa ob'ektlar uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda
Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarini amalga
oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va o‘rnatilgan talablarga rioya
qilinishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatildi.
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon
qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini
bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan
bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi
miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi;
koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan,
shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi
shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi:
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga
qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020 yil
1 apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini ko‘rishi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik
va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish
tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz
miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilishi;
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari, sport va
madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishini
ta'minlashi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning
soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘rishi.
18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda
quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilishi belgilandi:
maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarning faoliyati
to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va
umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular
o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta'tildan foydalanish
grafigidan qat'i nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta'til taqdim
etiladi;
karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni,
ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali
kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash
usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga
rozilik berildi:
a) bank va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta'minlash
choralarini quyidagilar orqali ko‘rish:
pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga
har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etish;
bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz
ta'minlanishi,
shuningdek,
masofaviy
bank
xizmatlarini
rivojlantirishni
rag‘batlantirish;
b) tijorat banklari tomonidan:
turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub'ektlariga, transport-logistika
kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi
savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga
duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy
summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (jarima
sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirish;
xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni
to‘ldirish uchun, shu jumladan iste'mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish
uchun qayta tiklanadigan revol'ver kreditlar ajratish;
2020 yil 1 iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan o‘tkazish, shuningdek,
muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud bo‘lgan banklarda aktivlar sifatini
baholab borish natijalarini taqdim etish.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub'ektlariga
kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensasiyalar
taqdim etish hajmlarini oshirishga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitallashuvini 500 mlrd
so‘mgacha oshirish.
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi
va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:
iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo resurslari
hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun
ularning birjaga qo‘yish hajmini oshirish choralarini ko‘rishi;
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va
intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati va zarur
hajmlarini aniqlashi;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari
ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta'minlasin hamda ularning narxlarni sun'iy
oshirish, sun'iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik
ustidan qat'iy nazorat o‘rnatishi belgilab qo‘yildi.
Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari
xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali
YaIM dinamikasiga ta'sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga
aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib
olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta'minlanganlik darajasini
anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari
mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari
yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy
ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya'ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy
darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM
o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning miqdoriy
darajasini ifodalaydi.
Nazarot va muhokama uchun savollar
1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
2. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
3. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to‘liq bandlilik tushunchalariga tavsif
bering.
4. Potensial YaIM ko‘rsatkichini izohlab bering.
5. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday o‘lchash
mumkin ?
6. COVID-19 pandemiyasining tarqalishiga qaysi holatlar sabab bo‘ldi?
7. Pandemiyaning ishsizlik darajasiga ta'siri qay tariqa ro‘y beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |