Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
O.Xasanboyeva “Barkamol avlod ma’naviyati” T-2010 yil 
2.
M.Jumaboyev “O‘zbek bolalar adabiyoti” T-2009 yil 
3.
Yu.Shukurova “Odob.Nutq.Muomala” T-2006 yil 
4.
Yu.Maxmutazimova “Maktabgacha yoshdagi bolalarni kommunikativ 
kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi” (STEAM texnologiyasi asosida) 
metodik qo‘llanma T-2021 yil
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN 
BOLALAR NUTQINI O‘YINLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 
Yu.R.Maxmutazimova 
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi, 
Abdullayeva Madina, talaba 
Har bir bola maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘z fikrini mazmunli, grammatik 
jihatdan to‘g‘ri, bir-biriga mantiqan bog‘langan holda bayon etishga o‘rganishi kerak. 
Bog‘lanishli nutq deganda, ma’lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-biriga 
bog‘lab, izchil ravishda grammatik jihatdan to‘g‘ri va obrazli qilib bayon qilish 
tushuniladi. Bog‘lanishli nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud. 
Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli 
javobni berish, kerakli e’tirozni berish, suhbatdoshini javobini tuzatish va to‘ldirish, 


128 
muhokama va munozara qilish, o‘z fikrini asoslash kabilar juda muhimdir. Monologik 
nutq bir kishining nutqi bo‘lib, so‘zlovchidan keng, aniq, to‘liq, bog‘langan fikrni talab 
etadi. Monolog hikoyani tushuntirishi, so‘zlovchidan o‘z fikrini asosiy narsaga 
qaratishni, jonli, obrazli, his-xayajon bilan gapirishni talab etadi. 
Dialogik nutqini rivojlantirish – bolalarni kattalarning nutqini tinglash va 
tushunish, savollarga javob berish, boshqa odamlarning oldida o‘z fikrini aytish, bir-
birini tinglashdan iborat. Kichik guruhlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishda 
mashg‘ulotning o‘yin shaklidan foydalaniladi. Bu mashg‘ulot turiga bolalarning nutq 
faolligi, savollarga javob berishi asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek maxsus 
mashg‘ulotlar va logopedik o‘yinlar bolalarning so‘zlashuv nutqini tarkib toptiradi. 
1.
Suhbatlar 
2.
Logopedik o‘yinlar
3.
Suratlarni ko‘rib chiqish va uhaqida suhbat 
Suhbat ta’lim-tarbiya ishining murakkab turidir. Suhbat logoped va 
tarbiyachining guruhdagi bolalar bilan mahlum bir mavzu yuzasidan maqsadga 
qaratilgan holda tashkiliy so‘zlashishidir.
MTT da bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli 
voqea-hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir 
tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi. 
Logoped bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to‘liq va 
chuqur idrok etishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunishi qiyin bo‘lgan narsalar, 
voqea-hodisalarga jalb etadi. 
Suhbat mashg‘ulotida bola ilgari ko‘rgan, kuzatgan voqea-hodisalarni esga 
tushiradi, mantiqiy fikr yuritishga harakat qiladi, tahlil qiladi.Suhbat bolalarni jamoaga 
birlashtiradi, bir-birlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, nutqini faollashiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Suhbat bolalarni o‘z fikri bilan o‘rtoqlashishga, jamoaga so‘zlashishga, 
faolligini oshirishga, o‘zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllatiradi. 
Suhbat mashg‘ulotida bolalar kelgusida maktabda ta’lim olish jarayonida zarur 
bo‘lgan bilim, malaka va odatlarni egallaydilar. Suhbat asosan uch xil bo‘ladi: 
1. Kirish suhbati 


129 
2. Sayohat va kuzatish davomida o‘tkaziladigan suhbat 
3. Yakuniy suhbat 
Suhbatda asosiy o‘rgatish usuli savollar berishdir. Mazmuni va shakli jihatidan har 
xil murakkablikka ega bo‘lgan savollardan foydalaniladi. Bolalarni nutqini to‘liq 
rivojlantirishda, lug‘atini faollashtirishda suhbatning ahamiyati juda kattadir. 
Guruhlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishda mashg‘ulotning o‘yin shaklidan 
foydalaniladi.Bu mashg‘ulot turiga bolalarning nutq faolligi savollarga javob berishi 
asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan logopedik o‘yinlarda ham o‘zi savol berib, o‘zi javob 
beradi, so‘zlashuvning bunday shakli bolalar qiziqishini oshiradi, nutqini faollashtiradi. 
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqini 
o‘stiruvchi, tasavvurlarini kengaytiruvchi seriyali suratlardan foydalanish mumkin: 
Quyida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar dialogik nutqini rivojlantirishga oid 
o‘yinlardan namunalar keltiramiz. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish