O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi haqida gapirib bering. 
2. O`zbekiston Milliy kutubxonasida qanday bo`limlar mavjud? 
 


77 
GRAMMATIKA: FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLARI VA 
USLUBIY XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.
Frazeologiya — iboralarni o`rganuvchi bo`lim. 
2.
Idioma haqida tushuncha. 
3.
Frazeologik sinonimlar, omonimlar va antonimlar. 
Tayanch tushunchalar
: Frazeologizm, idioma, frazeologik sinonimlar, 
frazeologik omonimlar, frazeologik antonimlar. 
Til fanining iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya deyiladi. Tilning tez va 
ko`proq o`zgaradigan sohasi uning lug`atidir. Davr o`tishi bilan eskirib qolgan so`zlar 
va iboralar umumnutqdan chiqib ketadi, unga yangi so`zlar va iboralar qo`shiladi. Ikki 
va undan ortiq mustaqil so`zlar yoki gaplar bir ko`chma manoni ifodalaydi. Shunday 
ibora va gaplar barqaror bo`ladi. Ular obrazliligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. 
Masalan: yuragi qon bo`ldi, ko`ngliga qil sig`maydi. 
Frazeologik ibora va gaplar so`zlarning ko`p manoli (polisemiya) bo`lishiga 
asoslanadi, shuningdek, ikki va undan ortiq mazmunni ifodalaydi: o`zini qayerga 
qo`yishni bilmadi - sevinchdan hayajonlanmoq, zerikib yoki bekorchilikdan 
toqatsizlanmoq va boshqalar. Mazasi qochdi - sog`ligi yomonlashdi,ishi inqirozga 
uchradi. 
Frazeologiyaning tarkibida idiomalar ham bo`lib, ular ma'lum tilgagina xos 
bo`ladi va boshqa tillarga so`zma-so`z tarjima qilib bo`lmaydi: Ammamning buzog`i. 
Yuragi shuv etib ketdi. Gapning po`st kallasi. Oyoqni qo`lga olib chopmoq va h.k. 
Idiomalarda shakllangan mantiqqa to`g`ri kelmaydigan fikr, voqea, hodisa ifodalanadi. 
Tilning lug`atidagi so`zlarning umumiy soni yillar o`tishi bilan kamaymaydi, 
balki ko`payib boradi. Frazeologizmlar. Ma'no yaxlitligiga ega bo`lgan va nutqiy 
jarayonga qadar ikki va undan ortiq so`zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, 
nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko`chma ma'nodagi barqaror birikmalarga 
frazeologizmlar (iboralar) deyiladi. Ibora tarkibidagi so`zlar ma'no jihatidan 
uyg`unlashib, mazmunan yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko`pincha mazmunan bir 
leksemaga teng keladi. M: qulog`i ding bo`lmoq — hushyor bo`lmoq, qovog`i osilmoq 
— xafa bo`lmoq, og`zining tanobi qochmoq — quvonmoq kabi. Frazeologizmlar gap 
tarkibida uning bir bo`lagi vazifasida keladi.Gapning boshqa bo`laklari bilan yaxlit, bir 
butun holda munosabatga kirishadi. M: Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval 
burningni artsang-chi… Bu gapda aravani quruq olib qochish qismi butunligicha ega 
vazifasini bajaradi. 


78 
Frazeologizmlarga misollar: 
hafsalasi pir bo`lmoq — xafa bo`lmoq 
ko`zi to`rt bo`lmoq - kutmoq 
ko`zi ochilmoq — anglab yetmoq 
ko`zi uchib turgani yo`q — muntazir emas 
qulog`i tom bitmoq — kar bo`lmoq 
aravani quruq olib qochmoq - aldamoq 
do`ppisi yarimta - beparvo 
boshi yostiqqa yetmoq — kasal bo`lmoq 
oyog`ini qo`lga olmoq — shoshmoq 
dili siyoh bo`lmoq — xafa bo`lmoq 
boshi osmonga yetmoq — xursand bo`lmoq 
kovushini to`g`irlamoq — haydamoq 
yer tagida ilon qimirlasa biladi — sezgir 
ichini mushuk tirnamoq — azoblanmoq 
ko`zini bo`yamoq — aldamoq 
tepa sochi tik bo`lmoq — g`azablanmoq 
tomdan tarasha tushganday — qo`qqisdan 
xamirdan qil sug`urganday — oson 
tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq — bo`shashmoq 
ikki oyog`ini tiramoq — injiqlik qilmoq 
tutgan yerini kesmoq — o`jar 
o`pkasi yo`q — hovliqma 
Frazeologizmlarning quyidagi ko`rinishlari ham mavjud: 
1. Frazeologik sinonimlar — shakli har xil, ammo ma'nosi bir xil bo`lgan iboralar 
orasidagi sinonimlik. M: hafsalasi pir bo`lmoq — tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq; og`zi 
qulog`ida — boshi osmonda 
2. Frazeologik omonimlar — iboralar orasidagi shakldoshlik: qo`l ko`tarmoq 
(taslim bo`lmoq) — qo`l ko`tarmoq (urmoq), boshga ko`tarmoq (hurmat qilmoq) — 
boshga ko`tarmoq (shovqin qilmoq) 
3. Frazeologik antonimlar: qo`li uzun — qo`li kalta, ko`kka ko`tarmoq — yerga 
urmoq 
Iboralar (turg`un birikmalar) so`z birikmasi (erkin birikmalar) bilan bir xil 
shaklda bo`lib qolishi mumkin: Ukamning tutgan kapalagi uchib ketdi. Bu gapni eshitib 
do`stimning kapalagi uchib ketdi. 


79 
Tarvuzi qo`ltig`idan tushdi, qo`l ko`tarmoq ,boshga ko`tarmoq, ikki oyog`ini 
tiramoq, og`zi ochilmoq, qulog`iga quymoq kabi iboralar ham erkin birikma sifatida 
qo`llanadi, ammo ko`nglidan o`tkazdi, xurrak otdi, dong qotdi, ko`ngli yarim kabi 
iboralar faqat ko`chma manoda qo`llanadi. “O`zbek tilining qisqacha frazeologik 
lug`ati”, “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati”ni professor Shavkat Rahmatullayev 
ishlab chiqqan. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish