O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
1.
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
 
10-MAVZU: KITOB MUTOLAASI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matnni ijodiy so`zlash. Kitobni tavsiya qilish 
usullari haqida fikr bildirish. 
Yozma nutq: 
O`qilgan kitoblar to`g`risida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. O`qilgan 
kitoblar ro`yxatini tuzish va ularga qisqacha tavsif berish. 
Grammatika:
Erkin va turg`un birikmalar. 
Reja: 
1.
Kitob — bilimlar xazinasi. 
2.
Mamlakatimizda kitobxonlikka bo`lgan etibor. 
3.
Kitob o`qiylik, do`stlar! 
Tayanch tushunchalar
: Kitob, «O`zbekiston Respublikasida kitob savdosi 
tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi Qaror, kitob mutolaasi, madaniy me'ros. 
Kitob mutolaasi donolar suhbatidan bahramand bo`lmoqdir, ularning bilim va 
fikrlar xazinasidan «dur-u gavharlar» termoq bilan barobardir, - deyishadi 
donishmandlar. Qadimgi O`zbekistonning saxovatli zamini ko`p asrlar davomida 
jahonga ulug` alloma, davlat arboblari va mutafakkirlarni yetishtirib berdi. Ularning 
kashfiyoti esa insoniyat taraqqiyotini yanada jadallashtirishga xizmat qildi. O`zbekiston 
mustaqillikka erishgach, ulug` ajdodlarimizning buyuk siymolari, yaratgan bebaho 
asarlari keng ommalashtirila boshlandi. O`zbekiston o`zining ko`p asrlik madaniyati 
durdonalarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me'rosini, jumladan, ular 
qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o`rtasida 
ommalashtirib, keng targ`ib qilmoqda. Bugungi kunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 


70 
Imom Moturudiy, Mahmud Zamahshariy, Burhoniddin Marg`inoniy, Mahmud 
Qoshg`ariy, Ahmad Farg`oniy, AbuRayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher 
Navoiy kabi ulug` ajdodlarimizdan ulkan ilmiy va ma'naviy ahamiyatga ega bo`lgan eng 
noyob qo`lyozmalar, kitoblar me'ros bo`lib qolgan. Ularni asrab-avaylash, tarjima qilib, 
chop etish olimlarimiz, milliy nashriyot va matbaachilarimizning eng muhim 
vazifalaridan hisoblanadi. Kitobga mehr qo`ysangiz, u sizni, albatta, munosib 
taqdirlaydi. «Kitoblar avlodlardan avlodlarga eng «qimmatbaho bilimlar xazinasini» 
yetkazib berish maqsadida vaqt va zamon ummonida kezib yuruvchi kema misolidir», - 
degan edi mutafakkir olim va shoir Abdurahmon Jomiy. 
Kitob har bir millatning madaniy me'rosidir. Inson hayotida kitobning o`rni 
beqiyosdir. Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish va 
ardoqlashga, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish va ma'naviy me'rosimizni asrashga, 
ezgulikka chorlab kelgan. Kitobga mehr qo`ygan kishi doim munosib taqdirlanib 
kelingan. Bugun O`zbekiston aholisining kitobga bo`lgan talabini qondirish uchun 
yetarli sharoitlar mavjud. Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasida kitob 
savdosi tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi Qarori ijrosi maqsadida noshirlik 
faoliyatini yaxshilash va kitob mahsulotlari assortimentini boyitish borasida qator ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Kitob mutolaasi haqida 10 ta fakt: 
1. Mutolaa nigohni o`tkirlashtiradi. Mutolaa sababli atrof olam va undagi 
odamlarga o`zgacha nazar bilan qarab, ularni tushuna boshlaysiz. Agar qo`lingizga 
yaxshi kitob tushib qolsa, uni takror va takror o`qisangiz, har gal yangi narsani kashf 
qilasiz. 
2. Mutolaa badantarbiyadir. Kitob mutolaa qilar ekansiz, undagi voqealar, 
obrazlarni tasavvur qilasiz. Fikrash faoliyati aktivlashadi, bu esa miya uchun 
gimnastikadir. 
3. Mutolaa atrof-muhit uchun zararsiz. To`g`ri, kitob tayyorlash uchun daraxtlar 
kesiladi, biroq kitob sizga foyda keltirsa, demak, kesilgan daraxt behuda ketmagan. 
Bundan tashqari, kitob o`qish uchun elektr energiyasidan, batareykadan
foydalanilmaydi. 
4. Mutolaa muloqot qilishga o`rgatadi. Kitobdagi voqealarni suhbatdoshingizga 
gapirib berib, qahramonlarning hissiyotlari bilan bo`lishsangiz, do`stlaringiz bilan 
muloqotingiz qizg`in o`tadi. 


71 
5. Kitob mutolaasi bo`sh vaqtingizni mazmunli o`tkazishingiz uchun ajoyib 
imkoniyat. Kitoblarga ixlos qo`ysangiz, ular hech qachon joningizga tegmaydi. Axir 
ularning xili, yo`nalishlari juda ko`p. Xohlaganingizni topib o`qishingiz mumkin. 
6. Kitob mutolaasi osoyishtalik baxsh etadi. Bolalarning shovqin- suronli 
o`yinlaridan ko`ra kitob o`qishlari afzalroq. Hech kimga xalal bermaydi. 
7. Kitob mutolaasi cho`ntak uchun hamyonbop. Birinchidan, kitoblarning narxi 
kompyuter o`yinlaridan ko`ra arzonroq. Ikkinchidan, tanishlaringiz qiziqishingizni 
bilsalar sizga sovg`a tanlashda qiynalmaydilar. Uchinchidan, kitob mutolaasi uchun 
hamisha kutubxonalardan foydalanish ham mumkin. 
8. Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. Kitobni musiqa ostida 
ham, biror narsa bilan mashg`ullik paytida ham o`qish mumkin. Ha, haqiqiy kitob 
shinavandalari atrofdagi shovqinga ahamiyat bermay o`qishni biladilar. 
9. Kitobning qomatga ta'siri. Shubhasiz, kitobning qomatga ta'siri bor ekan. 
Kuzatishlar natijasiga ko`ra, zerikkan insonda ko`p ovqat yeyishga moyillik bo`lar 
ekan. Binobarin, kitobxon odam ovqatni ortiqcha yemaydi. U kitobdagi voqealarga 
berilib, uzoq-uzoqlarga safar qiladi. 
10. Kitob mutolaasi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ota-onasining kitob 
o`qiyotganini ko`rgan bolalarda ham kitobga qiziqish kuchaya boradi. Bu esa o`z 
navbatida bolaning dunyoqarashi kengayishiga sabab bo`ladi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish