mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar).
Optimistlardunyoni bilish
mumkinligini ta'kidlaydilar,agnostiklar,aksincha, buni rad etadilar
(I.Kant – «narsa o‘zida»).
Skeptiklardunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning
haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy
tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida),
ilgari haqiqiy deb
hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma'lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz
bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki,
u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi.
Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga
bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi.
Skeptitsizm ta'limot sifatida,
hyech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi
deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men
buning
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning
nimaligini bilmayman va hyech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm,
ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta'biri
bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma
narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli
sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga yetish sari tashlangan
qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur yetkazadi. U –
rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik
qayd etadi va inkor qiladi, bilim –
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa
emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona,
hyech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan
ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki,
narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi
a'zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etish
natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma'lumotga ega bo‘lamiz.
Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas.
Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz,
modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab
olishga harakat qilamiz.
Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada
qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib yetishga shu yo‘sinda da'vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi?
Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam
haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad
etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini
aniqlashga qodir emas, deb ta'kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh
tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba'zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular
faqat
tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini
isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Shunga
qaramay,
bugungi
kunda
ham
agnostik
xulosalarni neopozitivizm,
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar,
ichki mantiq bilan, balki
ma'lum darajada D.Yum va O.Kont falsafasi boshlab bergan an'ana bilan ham belgilanadi.