9
sxemalari va bloklari murakkab strukturali yarim o`tkazgichli monolit kristallar shaklida tayyorlana
boshlandi va ular integral mikroxemalar nomini oldi.
1959 yilda Robert Noys (INTEL firmasi asoschisi) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni
joylashtirib integral sхеmаlar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan integral
sхеmаlarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chiqardi va shuning uchun uchinchi EHMlar avlodi katta
integral sxemali deb nomlanadi. Shu yilda amerikalik injener Duglas Endjelbart xozirgi sichqoncha
qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi.
Apparatlar bloklari – mujassamlangan integral sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 1960 -
1970 yillarda uchinchi avlod EHM ning yaratilishiga olib keldi. Bular jumlasiga sobiq ittifoqda yaratilgan
katta va o`rtacha EHMlar (Ural-11, Ural-12, Ural-15 va yagona tizim ES lari) va SM seriyali EHMlar
kiradi. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan EHM ES-1060 sekundiga 1,5 mln. amalni bajarar
edi. ES EHMning operativ xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan o`lchanadi. Uchinchi avlod
EHMlarni joylashtirish uchun maxsus jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi.
1970 yildan boshlab
INTEL
firmasi xotiraning integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada
ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprosessorni kashf etgan (bitta kremniy chipda bir nechta
integral sxemalarni joylashtirdi). Katta integral sxemalarning paydo bo`lishi sonli axborotlarni qayta
ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar – mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib
keldi. Sanoatda 1970 yillarda mikroprotsessorlar asosida to`rtinchi avlod mashinalari – mikro EHMlar
ishlab chiqarila boshlandi. To`rtinchi avlod EHM lari kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
To`rtinchi avlod mashinalari tarkibiga sobiq ittifoqda yaratilgan ELBRUS-2, M-10 EHMlari va hozirgi
zamon shaxsiy kompyuterlari ham mansub. Mikrokompyuterlar qurilmalarining boshqarish qurilmasi,
bitta katta integral sxemalar tarzida ishlanganligi uchun ularning tashqi qurilmalari uncha katta emasligi,
ishlash tezligi va bahosi arzonligi bilan ajralib turadi.
Mikroelektronikaning yutuqlari asosida shaxsiy elektron hisoblash mashinalari (ShEHM) yaratildi.
Arzon, kichik hajimdagi avtonom mikroprotsessorli hisoblash sistemasi ShEHMlarining ommaviy
qo`llanilishi ko`plab dasturli vositalar, ya‟ni amaliy dasturlar paketi, operatsion tizimlar, translyatorlar va
boshqalarni yaratishga olib keldi.
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. Shu
yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan
birga 1973 yilda dunyoga taniqli XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan.
Ushbu kompyuterda birinchi bo`lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‟rinishda ochish prinsipi qo`llanilgan.
1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy
ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo`lgan.
1980 yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. Ushbu
kompter og`irligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo`lgan va narxi atigi 1795 dollar bo`lgan.
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal
kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompyuter
xayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va
butun dunyoga taniqli bo`ldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan
nomlanadi - IBM PC (personal computer).
Do'stlaringiz bilan baham: